17-aprel kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi

17-aprel kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi

17-aprel kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Bu jamoa ijodiy faoliyat olib borayotganligiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan turkum konsertlarning birinchisi bo‘ladi.

Dasturda O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligida musiqachilar dunyo musiqa madaniyatining yorqin namunalarini ijro etadilar:

M.Musorgskiy — Ночь на Лысой горе;
F.Shopen — Fortepiano va orkestr uchun №2 konserti;
A.Xachaturyan — Skripka va orkestr uchun konsert.

Taniqli pianinochi, professor, P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining “Fortepiano” fakulteti dekani hamda “Maxsus fortepiano” kafedrasi mudiri, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist Andrey Pisarev va xalqaro tanlovlar laureati Bobur Eshpo‘latov yakkaxon sifatida konsert dasturida ishtirok etadilar.

Chiptalarni quyidagi havola  orqali xarid qilish mumkin

Share