Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish normativ hujjatlar

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat yurituvchi xodimning yillik deklaratsiyani to‘ldirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi

ARIZA

F.I.Sh (to‘liq)  
O‘zDK tarkibiy bo‘linma nomi  
Faoliyat yuritayotgan lavozim  
Bevosita bo‘ysinuvchi rahbarning F.I.Sh. va lavozimi  

Ushbu arizada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.aloqador shaxslar – Tashkilot xodimi bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi bundan mustasno;manfaatlar to‘qnashuvi – Tashkilot xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);

1.

Siz biror bir tashkilotning xodimi, boshqaruv organining a’zosi (kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va boshqalar), direktori yoki vakili hisoblanasizmi? Javob berishda quyidagilarni e’tiborga olish so‘raladi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tijorat va notijorat tashkilotlarda ulushingiz mavjudmi, shuningdek ushbu tashkilotlardan har qanday shakldagi kompensatsiya olasizmi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, tashkilot nomi va undagi lavozimingizni yozing)

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

 

2.

Sizni yoki Sizning yaqin qarindoshingizni qaysidir tashkilotda u yoki bu ko‘rinishda moliyaviy manfaatdorligi (shu jumladan, ustav kapitalida ishtirok etish, aksiyalar va obligatsiyalarga egalik qilish) mavjudmi yoxud bunday tashkilotlarda qaror qabul qilinishiga boshqacha tarzda ta’sir o‘tkaza olasizmi? (har qanday tashkilotning umumfoydalanishda bo‘lmagan aksiyalariga egalik qilasizmi yoki ustav kapitalida ulushingiz mavjudmi yoxud Respublika fond birjasi yoki boshqa fond birjalarida har qanday tashkilotning 5% va undan yuqori bo‘lgan umumfoydalanishdagi qimmatli qog‘ozlariga egalik qilasizmi?)

 (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida barcha tegishli tashkilotlar nomlarini hamda ulardagi Sizning manfaatingiz ko‘rinishi (ustav kapitalida qatnashish ulushi, aksiyalarga egalik qilish va h.k.)ni ko‘rsating.

Ha/Yo‘q
Sharh:
3

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyatida, kafedralarda, dekanatlarda, bo‘lim va markazlarda Sizning yaqin qarindoshlaringiz (Sizga aloqador shaxslar) ishlaydilarmi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz (Sizga aloqador shaxs) ismi-sharifi, lavozimi va u ishlayotgan bo‘linma/bo‘lim/boshqarma nomini aniq yozing.

Ha/Yo‘q
Sharh:
4

Sizning yaqin qarindoshlaringiz, ularning farzandlari yoki Sizga aloqador shaxslar, ularning farzandlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qiydimi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q”javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida bunday qarindoshingiz ismi-sharifini yozib qoldiring)

Ha/Yo‘q
Sharh:
5

Sizning yaqin qarindoshlaringiz biror bir tashkilotning xodimi, boshqaruv organining a’zosi (kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va boshqalar), direktori yoki vakili hisoblanadimi? Javob berishda quyidagilarni e’tiborga olish so‘raladi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tijorat va notijorat tashkilotlarda ulushi mavjudmi, shuningdek ushbu tashkilotlardan har qanday shakldagi kompensatsiya oladimi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz ishlovchi tashkilot nomi va undagi lavozimini ko‘rsating)

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

 

6.

Sizning yaqin qarindoshlaringiz davlat amaldori hisoblanadimi?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida yaqin qarindoshingiz ismi-sharifi, lavozimi va tashkilot nomini yozib qoldiring)

Ha/Yo‘q
Sharh:
7.

Siz bilan birgalikda tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida qatnashuvchi Sizga aloqador shaxslar mavjudmi, Respublika fond birjasida yoki boshqa fond birjalarida erkin muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari umumiy miqdorini besh foizidan kam bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

 (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida Sizga aloqador shaxslarning ismi-sharifi, barcha tegishli tashkilotlarning nomlanishi, ustav kapitalida qatnashishi va aksiyaga egalik qilish ulushini ko‘rsating)

Ha/Yo‘q

 

Sharh:

 

8.

Xizmat vazifangizni bajarish jarayonida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qiluvchi noqonuniy tarzda yoki odob-axloq qoidalariga zid ravishda talqin qilinadigan pul mablag‘lari yoki boshqa moddiy qimmatliklar, sovg‘alar yoki xizmatlarni qabul qilib olganmisiz?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

Ha/Yo‘q
Sharh:
9.

O‘z xizmat lavozimingizdan shaxsiy manfaatlaringiz yoki yaqin qarindoshlaringiz (Sizga aloqador shaxslar) manfaatlari yo‘lida foydalanganmisiz?

 (Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

Ha/Yo‘q
Sharh:
10.

O‘zDKdagi faoliyatingiz davomida Sizga ma’lum bo‘lgan O‘zDKga tegishli maxfiy ma’lumotlarni o‘z shaxsiy manfaatingiz, yaqin qarindoshlaringiz yoki Sizga aloqador shaxslar manfaatlari yo‘lida foydalanganmisiz (shu jumladan yuridik yoki jismoniy shaxslarga oshkor qilganmisiz)?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. agar javobingiz “ha” bo‘lsa “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

Ha/Yo‘q
Sharh:
11.

O‘zDK xodimlari tomonidan O‘zDKning korrupsiyaga qarshi va odob-axloq masalalari bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlarini buzganligi to‘g‘risida xabardormisiz?

(Izoh: “ha” yoki “yo‘q” javobini belgilang. agar javobingiz “ha” bo‘lsa, “Sharh” qismida batafsil bayon etib o‘ting)

Ha/Yo‘q
Sharh:
12. Manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi boshqa vaziyatlar mavjud bo‘lsa, ularni ko‘rsatib o‘ting.

Sharh:

 

13. O‘zingiz zarur deb topgan boshqa qo‘shimcha ma’lumotni ko‘rsatib o‘ting.

Sharh:

 

Ushbu arizani imzolash bilan birga, quyidagilarni ham tasdiqlayman:

 – Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Nizom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tizimi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom bilan tanishdim;

– ko‘rsatib o‘tilgan davrda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ichki hujjatlari bilan o‘rnatilgan talablar va tamoyillarga amal qilib kelmoqdaman;

– menda manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi vaziyatlar mavjud/mavjud emas; (to‘g‘risini tagiga chizilsin);

– mazkur arizada keltirib o‘tilgan ma’lumotlarni to‘liqligi va to‘g‘riligiga kafolat beraman hamda arizani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tegishli bo‘linmalari tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman;

– men tomonimdan to‘ldirilgan arizadan tashqari menga ma’lum bo‘lgan yangi holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq O‘zDKning tegishli bo‘linmasini darhol xabardor qilaman.  

_______________           ______________         ____________________

        (sana)                                        (imzo)                                      (F.I.Sh)