O’zbekiston davlat konservatoriyasi haqli ravishda Markaziy Osiyodagi eng qadimiy oliy musiqa ta’limi muassasasi hisoblanadi. 1936 yilda tashkil etilgan bo’lib, u ko’p yillar davomida ushbu mintaqadagi yagona musiqa oliy ta’lim muassasasi bo’lgan. Konservatoriya tarixi juda boy va mazmunli. Bu yerda ko’plab O’zbekiston musiqa madaniyatining taniqli namoyandalari, professional san’at va musiqa ilmining darg’alarining faoliyat yuritishi diqqatga sazovardir.