Ekofaol talabalar

“Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan  “Chiqindisiz tabiat” hamda “Obod oliygoh” ekoaksiyasi!

🔹Bugungi kunda chiqindi muammosi nafaqat O‘zbekistonni balki butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda.

✅Tahlillarga ko‘ra, so‘ngi yillarda maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga ko‘payib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda maishiy chiqindilar hajmining o‘sishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy ta’sirini ko‘rsata boshladi. Butun duyoning eng og‘riqli global muammolaridan biriga aylangan chiqindilar masalasi mamlakatimizda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid strategiyaning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Chiqindisiz hayotga erishish hammamizning, har birimizning o‘z qo‘limizda!

🏛️Shu munosabati bilan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida tashkil etilgan “Chiqindisiz tabiat” hamda “Obod oliygoh” ekoaksiyalarida talaba-yoshlar  faol ishtirok etdilar.