Joriy yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Umida Abduazimova, Islom Hamroyev, Adiba Umirovalar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Ushrashuvda adiblar oʻzlarining ijod yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻz yurutdilar va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan ushbu adiblar qalamiga mansub sherlarga bastalangan qoʻshiqlar ijrosidan baxramand boʻldilar.
❇️Bundan tashqari Yashnobod tumanida joylashgan 206-212-231-maktablarda, Uch tepa tumanida joylashgan 62-229-maktablarda ham ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida adiblar bilan koʻchatlar ekildi, maktablar kutubxonalariga tashrif buyurilib kutubxonalardagi kitoblar koʻzdan kechirildi va adiblar oʻz qalamlariga mansub kitoblardan sovgʻalar ulashishdi.
👨🏻‍🎓Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari bilan kechki ovqat dasturxoni atrofida suhbatlashildi.

Share