«Yoshlar siyosati soxasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari»ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi haqida suxbat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 11.04.2023 yilda «Yoshlar siyosati soxasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari»ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida Davlat rahbari tomonidan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
❇️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi alohida e’tiborga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori K. Urinbayev boshchiligida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi va muammolari yechim topildi. Uchrashuv yakunida yoshlarga turli xildagi sovg’alar topshirildi.
🔷Jumladan uchrashuvda estradamiz yorqin yulduzi Ozoda Nursaidova ham ishtirok etib yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi va yaqin kunlarda boʻladigan yakkaxon konsert dasturiga yoshlarni taklif etdi.
Tavsiya etilgan

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Alisher Abdusalomov bilan birgalikda Koreya Respublikasining Namvon shahrida shahar meri, madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirokida uchrashuvda ishtirok etishdi.
May 7, 2025

FESTIVALNING YOPILISH MAROSIMI
May 2, 2025

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
May 2, 2025