O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ijod maktabi O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abror Ataboyev va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Abdullayeva Munavvara ishtirokida kelgusi bajariladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

🏛️Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi matbuot xizmati.

Share