F.I.SH: Qurbanov Orif Bozar o‘g‘li
Lavozimi: Bosh buxgalter
Ish vaqti: Dushanba – Juma 09:00 – 18:00
-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
-professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
-hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash;
-shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning
1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va topshirish;
-yilning 15-dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotining 1-NX shaklini tayyorlash;
-shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash;
-shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning
1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va topshirish;
-yilning 15-dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotining 1-NX shaklini tayyorlash;
-ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
-stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
-tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
-byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan harajatlar smetalari asosida harajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
-pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
-oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, madaniyat vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
-samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
-moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
-mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
-bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
-debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
Bilishi kerak:
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish hususiydagi, shuningdek OTMning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTM tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish.
Malaka talablari:
-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;
-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
-bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.