Markaz va bo’limlar

F.I.SH: Qurbanov Orif Bozar o‘g‘li

Lavozimi: Bosh buxgalter

Ish vaqti: Dushanba – Juma 09:00 – 18:00 

 

-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

-professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;

-hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

-shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash;

-shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning
1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va topshirish;

-yilning 15-dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotining 1-NX shaklini tayyorlash;

-shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini tayyorlash;

-shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning
1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha tayyorlash va topshirish;

-yilning 15-dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotining 1-NX shaklini tayyorlash;

-ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;

-stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;

-tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;

-byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan harajatlar smetalari asosida harajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;

-pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;

-oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, madaniyat vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

 -moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;

-samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

-moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;

-mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;

-bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;

-debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;

Bilishi kerak:

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish hususiydagi, shuningdek OTMning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTM tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.

-bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

-OTMda mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;

-asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning OTM hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag‘larini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;

-kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-taroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;

-asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar OTM hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek ularning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;

-OTM g‘aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish;

-tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;

-byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;

-OTM talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘g‘ri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish;

-pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilayotganlik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun OTMning bosh hisobchi yoki rektorga yozma ravishda xabar berish;

Bilishi kerak:

Bosh auditor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni, boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruqlarini, moliya hamda nazorat taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarini tuzish xususida uslubiy, me’yoriy hamda boshqa rahbariy hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

-OTMda buxgalteriya hisobini tashkil etishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, uni yuritish qoidalarini, jarayonlarini rasmiylashtirish va hisob sohalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini;

-pul mablag‘larini tovar-moddiy boyliklar hamda boshqa boyliklarni qabul qilib olib, kirim qilish, saqlash va sarf qilish tartibini;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-debitorlar va kreditorlar bilan qilinadigan hisob-kitoblar pul mablag‘larini hisobdan o‘tkazish qoidalarini bilishi zarur.

 

 

   F.I.SH: Islamov Ubaydullo 

   Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

   Ish vaqti: Dushanba – Juma 

 

 

 

-Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;

-bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;

-oliy o‘quv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;

-xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;

-institutning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;

-hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;

-professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;

-mehnat daftarchalar hisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;

-professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;

-professor-o‘qituvchilar va xodimlarning hisobga olish bo‘yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqchalarini tasdiqdan o‘tqazish, rasmiylashtirish, institut barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zahira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;

-xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;

-bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zahirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.

-axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;

-institut Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy xokimyat organlarining Qarorlarini hamda Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institut Ichki tartib-qoidalari, Odob-ahloq qoidalarini bilishi.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Babayeva Dilnoza

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yhatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga yetkazish;

-bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga yetkazish;

-bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yhatdan o‘tkazish;

-bo‘limga keluvchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;

-o‘zi ishlayotgan kafedra yoki bo‘limning sanitariya-gigiyena holati va tozalikni saqlash.

Bilishi kerak:

Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi.

Malaka talablari:

-kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarni, har hil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;

-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Narzullayev Jo’ra

Lavozimi: Yurist

 

-OTMda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruq loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish;

-OTM bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga oshirilishini nazorat etish;

-professor-o‘qituvchilar va xodimlarga huquqiy maslahatlar berish;

-talab etilganda OTM hamda professor-o‘qituvchilari va xodimlarining huquqni muhofaza qilish organlari va sud oldida huquqlarini himoya etish.

Bilishi kerak:

Yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni, OTM masalalariga oid qarorlarini bilishi, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, OTM huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me’yoriy hamda boshqa ma’muriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi.

Malaka talablari:

-amaldagi qonunlarni bilishi va amalda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

-OTMning xo‘jalik-moliya faoliyatiga oid hisob-kitobni yuritish va hisobotlarni tuzish tartibini;

– xo‘jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini;

-mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab-chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-kamida 5 yillik huquqshunos sifatida stajga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Mukadamova Saule Raimbekovna

Lavozimi: Matbuot kotibi

Matbuot kotibi institutning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi:

-institut rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

-milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida institut faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;

-institut veb-saytida institut faoliyatiga dahldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida tezkorlik bilan yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;

-institutga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rahbariyatini xabardor qilish;

-xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni institutning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash;

-ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;

-institut faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;

-institut rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;

-ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini va institut faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va video materilalar ma’lumotlar bankini tashkil etish;

-institut faoliyatini eng to‘liq va holisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

-internet tarmog‘ida institutning veb-saytidagi axborotlarni tashkil etish va uni zamonaviy darajada yoritish;

-institutning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

-qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun institut rektori bilan kelishgan holda institutning tegishli bo‘lim xodimlarini, shuningdek boshqa tashkilotlar mutaxassislarini va malakali ekspertlarini jalb etish;

-rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida, respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha institut nomidan vakillik qilish.

Bilishi kerak:

-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, yuqori turuvchi tashkilotlar va institutning normativ hujjatlarini.

-o‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTM Ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

-kasbiy tashkilotchilik qobilyatiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Abdulakimov Asror Forxod o‘g‘li

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;

-bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari va institut rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha hamda bitiruvchilarni bandligini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

-institutda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

-mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha to‘lov kontraktlarni rasmiylashtirish va to‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarni o‘z vaqtida mablag‘larni to‘lashlarini tashkil etishni nazorat qilish;

-to‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarning pul tushumlarini nazoratini olib borish va har kunlik pul tushumi to‘g‘risidagi ma’lumotni rektorga taqdim etish;

-Madaniyat vazirligi tizimiga tegishli barcha ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarga va pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, umumlashtirish va rektor imzosi bilan tegishli vazirlikka taqdim qilish;

-institutga qabul qilinadigan abiturientlarning har yilgi miqdori ko‘rsatkichlarini aniqlash va joriy yilning 5-yanvariga qadar rektor tomonidan tasdiqlangan qabul reja loyihasi bo‘yicha takliflarni tegishli vazirlikka taqdim etish;

-dekanatlar va kafedra mudirlari bilan hamkorlikda institut bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida kim oshdi savdosi (auksion) ni tashkil etish;

-tayyorlanayotgan mutaxassislarning nazorat bilimlari kelajakdagi amaliy faoliyatlari bilan muvofiqligini o‘rganish maqsadida viloyatlar ta’lim sohasi tizimlari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish, ularning fikr- mulohazalarini o‘rganish;

-bozor talabidan kelib chiqib institutda mutaxassislarni nazariy va amaliy tayyorlashning tahlilini o‘tkazish;

-tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni Kengash yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish, bu borada institutning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;

-mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul ko‘rsatkichlariga taklifni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;

-qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan hamkorlikda davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan institut o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida
3 yil ishlab berishi to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar tuzishni ta’minlash;

-qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan hamkorlikda institut bo‘yicha yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi haqida ma’lumotlar tayyorlash;

-axborot kommunakatsiya texnologiyalarini mukammal bilish;

-institut Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyat talablarini bajarish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari va institut rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi. 

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Sultonova Tatyana

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;

-Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

-O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlarining ijrosini ta’minlash;

-Yangi ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchi, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona Tarif Setkasiga asosan oylik ish xaqi qo‘yib berish;

-Institutning Davlat budjeti va kontrakt bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;

-Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning oylik maoshlarini qonuniy belgilanishini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Hukumat qarorlariga asosan ish xaqlari va boshqa to‘lovlarni o‘zgarilishi bo‘yicha smetalarni o‘z vaqtida tuzish va tasdiqlanishini ta’minlash;

-Institut faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirilishini amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida shakllantirilishini ta’minlash;

-Institutning Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini amalga oshirish;

-Shtatlar jadvali asosida har bir xodimning lavozim me’yorini belgilangan qonunlar va boshqa xuquqiy xujjatlar asosida belgilanishini ta’minlash;

-Budjet, kontrakt va xo‘jalik shartnoma smetalarini tuzishni tashkil qilish va bajarilishini nazorat qilish;

-Institutning shahsiy xamda safar bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning xarajatlar qismini tasdiqlangan smetaga mosligini nazorat qilib borish;

-Chorak va yillik xisobotlarni tayyorlanishini tashkil qilish va Madaniyat vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishini ta’minlash;

-Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;

-Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut rektori buyruqlari mohiyatini anglash.

Malaka talablari:

-Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

-Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Turajonov Murod

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;

-bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-institutda dekanatlar, kafedralar, bo‘limlarning o‘quv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

-O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;

-institutning Kengashi, markaziy uslubiy Hay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

-bakalavriat talabalarning Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish;

-o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar va o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;

-institutni bitiruvchi mutaxassislarini ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;

-dekanatlarning o‘quv yili bo‘yicha hisobotlarini umumlashtirish va institutning o‘quv ishlari bo‘yicha yillik umumiy hisobotini tuzish;

-ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”lari va “O‘quv jadval”larini tuzish;

-ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;

-talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish hamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;

-Malaka oshirish institutlari va markazlarida yakuniy imtixonlardan o‘tmagan pedagoglarni qayta o‘qishlarini nazorat qilish va natijalari to‘g‘risida rektorga ma’lumot taqdim qilish;

-talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va holisonaligini tekshirish ishlarida ishtirok etish;

-talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;

-professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv-uslubiy ishlarini haqiqiy ijrosini ta’minlash;

-professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, va o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan o‘quv jadvali va rejasi asosida o‘tkazilishini shakllantirish va tashkil etish;

-talabalarning akademik qarzdorliklari va o‘zlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;

-axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilishi;

-institutning Ichki tartib-qoidalari, Odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.

 Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Axmedova Ma’suma

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-OTMga keluvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;

-OTMdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;

-rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;

-rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;

-rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;

-kiruvchi xat-xabarlarni, OTM rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;

-ijro etilgan hujjatlarni yig‘ma jildlarga tikib qo‘yish;

-ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

Bilishi kerak:

Ish yuritishni tashkil etishni, yig‘ma jildlar ro‘yhat tartibi, holatini, doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig‘ma jildlarning ro‘yhatlarini, yig‘ma jildlarni arxivga topshirish muddatlari va tartibini bilishi, devonxona faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqboli rejalarini bilish.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur

 

 

   F.I.SH: Mamajanova Elnora

   Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

   

 

 

 

 

-Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

-bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

-bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

-O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik masalalariga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, institut rektorining buyruqlarini bajarilishini ta’minlash;

-oliy ta’lim muassasasi va korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, hususiy korxonalar va firmalar o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘nalish bo‘yicha manfaatli xalqaro shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;

-oliy ta’lim muassasasining xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim markazlari, ilmiy muassasalari, xalqaro fondlar va boshqa chet el tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik borasidagi bitim va shartnomalarning loyihalarini tayyorlaydi, shuningdek ularning bajarilishini ta’minlaydi;

-xorijiy davlatlar hukumatlari, vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan o‘rinlarga nomzodlar tanlovini tashkil qilish va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiluvchi davlatning tegishli tashkilotlariga o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlaydi;

-respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, vakolatxonalari, ta’lim tashkilotlari, jamg‘armalari va muassasalari vakillari, shuningdek xorijiy delegatsiyalarning institutda uchrashuv va muzokaralarini tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlaydi;

-xorijiy davlatlar vazirliklari, ta’lim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim ko‘rgazmalari, xalqaro konferensiyalar, seminarlar tashkil qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi;

-O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar murojaatnomalariga asosan xorijiy mamlakatlar bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

-xorijlik talabalarning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishlariga doir ishlarni tashkil qiladi;

-xorijlik talabalarga viza rasmiylashtirish, viza muddatini uzaytirish, ularning milliy pasportlarini vaqtinchalik ro‘yhatdan o‘tkazish masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;

-bo‘lim ish faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi;

-jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga tegishliligi bo‘yicha javoblar tayyorlaydi.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti hujjatlari hamda oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini.

Malaka talablari:

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-tegishli lavozimlarda zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatlilik, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish hususiyatlariga;

-tegishli lavozimlarda samarali ish stajiga ega bo‘lishi;

-o‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

-ish faoliyatida zamonav

F.I.SH: Xodjayeva Shaxida Baxramovna

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

-OTM, viloyat va Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog‘lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;

– barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

-ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;

-OTM ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;

-axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;

-istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;

-kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;

-kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni ta’minlash;

-kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘g‘ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

-xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;

-ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do‘konlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shug‘ullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq OTM va pochta orqali kitob jo‘natadigan do‘konlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlari o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.

Bilishi kerak:

Markaz faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

F.I.SH: Namozov Najmiddin

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

-O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;

-ta’lim muassasasi moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

-reja-moliya bo‘limi, biznes maktablari, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;

-qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;

-oliy ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylikva h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

-talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;

-davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va harajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazilishini ta’minlash;

-oliy ta’lim muassasasi harajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;

-oliy ta’lim muassasasining o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

-iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasini moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;

-ta’lim muassasasiga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;

-shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;

-byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

-oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

-oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;

-pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;

-qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;

-mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;

-talaba va xodimlarni favquloddagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

-institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;

-talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;

-institutda madaniy-xordiq chiqarish tadbirlarni tashkil etish;

-o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish;

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli
“Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy Kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va xo‘jalik boshqaruvi sohasidagi qarorlarini mohiyatini bilish.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim, xo‘jalik boshqaruvi sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

F.I.SH: Norbekov Anvar Shomuradovich

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (15:00 – 17:00) 

E-mail: a.norbekov71@inbox.uz

 

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 18-iyuldagi 515-sonli qarorning 14-bandiga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 3 nafar (bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan iborat “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni konservatoriya rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
  • attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga va ilmiy unvon hamda musiqa san’ati sohasining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar salmog‘ini monitoring qilib borish va xulosalarni konservatoriya rektoriga ma’lum qilish;
  • o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy hamda o‘quv-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga binoan konservatoriya reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash va boshqa bir qancha vazifalar yuklatilgan.

Bo’limning xodimlari: 

 

  F.I.SH: Fazilova Aziza Abduvalievna

  Lavozimi: TSNQ bo‘limining Bosh mutaxassisi:  

  Telefon: +99890 987 12 23

  E-mail: azisha.fazylova@gmail.com

 


 

F.I.SH: Xasanova Barno Akmal qizi

Lavozimi: TSNQ bo‘limining Bosh mutaxassisi 

Telefon: +99890 359 48 18

E-mail: barno1999@gmail.com

 

ISH REJA.pdf

F.I.SH: Yo’ldoshev Aziz Baxtiyor o’g’li

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

 

-Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

-yuqori tashkilotlardan va tarkibiy bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yhatdan o‘tkazish, rahbarga yetkazish va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash;

-rahbar tomonidan imzolangan hujjatlarni tarkibiy bo‘linmalarga tegishliligi bo‘yicha o‘z vaqtida tarqatish;

-OTMdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

-kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;

-kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;

-OTM kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;

-OTMda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;

-OTMning nusha ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish; OTMning masofaviy o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;

-OTM lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish.

Bilishi kerak:

Markaz faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, institut rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

-oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga ega bo‘lishi;

-oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

-yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

-O‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

-o‘ziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomini ta’minlash talablarini bajarilishi;

-institut rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi;

-institutda komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;

-jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.

-bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;

-institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

-korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;

-institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;

-ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

-fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

-institutda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga taqdim etadi;

-bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;

-institut kengashi tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;

-bo‘lim ishlarini yanada taҝomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

-bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;

-qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

-institut pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni o‘rganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;

-korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi;

-korrupsiyaga qarshi o‘quv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yo‘lga qo‘yadi;

-oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa so‘rovlarni tashkil etadi;

-qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

F.I.SH: Rahmanov Asatilla

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

-Bo‘lim ishlariga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislarning ish faoliyatini tashkil etadi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi;

-bo‘lim mutaxassislari o‘rtasida ish taqsimotini belgilaydi;

-bo‘lim ishini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda xodimlarning ish malakasini oshirib boradi;

-bo‘limga xodimlar olish, ishdan ozod etish, malakasini oshirish, rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi;

-oliy ta’lim muassasasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bajarilishini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

-oliy ta’lim muassasasida milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashni tashkil etilishni amalga oshiradi;

-soha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘grisida tegishli tashkilotlarga axborot hamda tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlaydi;

-ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib boradi;

-ma’naviy-ma’rifiy sohaga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratadi va uning yangilanib borishini ta’minlaydi;

-ma’naviy-ahloqiy tarbiyani amalga oshirishda umuminsoniy tarbiya vositalarining uyg‘unligiga, samaradorligiga erishishni ta’minlash hamda barcha fanlarning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish choralarini ko‘radi;

-ta’lim muassasalarida, talabalar turar joylarida ma’naviy ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga boshchilik qiladi;

-O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlarini bajarish yuzasidan zarur va keng miqyosli tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

-institut psixologiga professor-o‘qituvchilar va talabalar ijtimoiy-ruhiy holatini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi hamda tadqiqot natijalari va tavsiyalarini, ta’lim muassasalariga yetkazadi;

-oliy ta’lim muassasasida talabalar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borish hamda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni o‘qitilish saviyasi va ilg‘or tajribalarni ommalashtirib boradi;

-Oliy ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarini, sport musobaqalarini tashkil etishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashadi.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti hujjatlari hamda oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qismi mazmun-mohiyatini.

Malaka talablari:

-oliy ma’lumotga;

-ta’lim tizimining tegishli boshqaruv lavozimlarida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatlilik, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-ta’lim tizimining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida rahbarlik lavozimlarida samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

-O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish;

-bo‘lim bilan birgalikda bo‘lim zimmasiga yuklatilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

-bo‘lim boshlig‘i ko‘rsatmasi asosida ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatib, ular ishini muvofiqlashtirish, nazorat va monitoring qilishda hamkorlik qilish;

-bo‘limning oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlash va monitoring qilish;

-bo‘limga topshirilgan dasturlar monitoringini o‘tkazish;

-rahbariyat tomonidan chiqarilgan buyruq va topshiriqlar ijrosini muntazam ravishda o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

-bo‘lim boshlig‘i topshirig‘iga binoan zarur hujjatlarni tayyorlash (yozish, tahrir qilish).

Bilishi kerak:

Bo‘lim faoliyatiga oid tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi, Ichki tartib qoidalari, Odob-ahloq qoidalarini.

Malaka talablari:

-institut tizimida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

-namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash hususiyatlariga;

-oliy ma’lumotga va samarali ish stajiga ega bo‘lishi.