Talabalar diqqatiga!

Talabalar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Hamid Olimjon nomidagi stipendiya uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi.

Hamid Olimjon nomidagi stipendiya quyidagi talablarga javob beruvchi bakalavriatning 1-3-kurs hamda magistraturaning 1-kurs talabalariga tayinlanadi:
– Hamid Olimjon hayoti va ijodini targ‘ib qilish hamda ilmiy izlanishlar o‘tkazish;
– adabiyotni faol targ‘ib qilish;
– adabiyotga bag‘ishlangan konferensiya va tanlovlarda qatnashish;
– e’lon qilingan ilmiy ishlarning mavjudligi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi:
– sinov daftarchasidan ko‘chirma;
– kafedradan tavsiyanoma;
– ilmiy ishlar ro‘yxati, ularning bosmasi va ularga yozilgan taqriz (agar bo‘lsa);
– Hamid Olimjon ijodini targ‘ib qilishga oid materiallar;
– kuratordan tavsiyanoma;
– mutaxassisligi bo‘yicha turli respublika va xalqaro tanlovlar, festivallar va simpoziumlarda ishtirokini tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar tikilgan yoki papkaga solingan holatda ikki nusxada taqdim qilinadi (har bir nusxa alohida papkada). Muqovada talabgorning F.I.Sh., fakulteti, kursi, mutaxassisligi ko‘rsatiladi.

Hujjatlar 2024-yil 20-mart sanasiga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash bo‘limiga taqdim qilinishi kerak.

Share