MIXAIL GLINKA

MIXAIL GLINKA

(1804—1857)

Mixail Ivanovich Glinka- buyuk  rus kompozitori. 1804-yil 1-iyunda Smolensk viloyatining Novospasskoye qishlog’ida,  zodagon er – mulk egasi  oilasida tug’ilgan. 1818-1822 yillarga qadar  Sankt-Peterburg pedagogika instituti qoshidagi Nobel maktab-internatida  ta’lim olgan. Maktab-internatdagi kezlarida   yosh M. Glinka musiqa bastalashni boshlaydi va ajoyib romanslar muallifi sifatida taniladi. Shu yillarda ovoz va fortepianino uchun  jami 80 ta asarlar yozadi, shu jumladan, vokal lirikasining durdonalari: «Havasimni keltirma», «Shubha», «Sankt-Peterburg bilan vidolashuv» turkumi va boshqalar. Maktab-internatni tugatgach, M.Glinka Aloqa Bosh boshqarmasiga o’qishga kiradi,  biroq  musiqaga bo’lgan qiziqish  sababli  o’qishni tark etadi.

1830-1834 yillar mobaynida  Italiya, Avstriya, Germaniya bo‘ylab uzoq sayohatlarda bo’lgan vas hu erda Yevropa musiqa an’analari bilan yaqindan  tanishadi,  o’z kompozitorlik mahoratini oshiradi. Qaytib kelgach kompozitor  o’zining  ijodiy orzusi – rus operasini yozishni amalga oshiradi. A. Jukovskiy tomonidan taklif qilingan opera syujeti Ivan Susaninning jasoratiga bag’ishlangan.

1836-yili Sankt-Peterburgda «Shoh uchun hayot» operasining premyerasi bo’lib o’tdi. Muvaffaqiyatdan so’ng M. Glinka ikkinchi operasini yozishni boshlaydi. Bu opera. A. S.Pushkin syujeti asosida yaratildi.Opera yaratish jarayoni   olti yil davom etdi. 1842-yili Rus musiqa tarixidagi birinchi ertakona-epik opera «Ruslan va Lyudmila» ning premyerasi bo’lib o’tdi.

  1. Glinkaning ijodi musiqachilar va uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. F. Liszt «Ruslan va Lyudmila» dan «Chernomor marshi»ni fortepianino uchun  qayta ishlab  kontsertlarida ijro etgan.

1844-1847-yillar mobaynida M. Glinka Frantsiya va Ispaniya bo’ylab sayohat qiladi. Ispaniya tasvirlari «Aragon Xotasi» (1845) va «Madriddagi tun» (1851)  nomli uverturalarida aks etildi. Kompozitor simfonik musiqa asarlarida  ona yurti qiyofasini yorqin  gavdalaydi. Varshavada boʻlganida  esa u ikkita rus xalq qoʻshigʻi mavzusiga  asoslanib “Kamarinskaya” orkestr fantaziyasini (1848) yaratadi.  O’z vaqtida ushbu asar haqida P. I. Chaykovskiy shunday degan edi: «Xuddi eman yong’oqlari kabi, barcha rus simfonik musiqasini o’z ichiga oldi».

1856-yilda M.Glinka o’z asarlarida qadimgi rus znamen cherkov qo’shiqlarini tiklashga, keksa ustalardan polifoniyani o’rganish uchun Berlinga boradi. Rejani amalga oshirishning iloji bo’lmadi.Kompozitor 1857-yil 15-fevralda vafot etdi.