DMITRIY SHOSTAKOVICH

Дмитрий Дмитриевич Шостакович (Dmitri Shostakovich) | Classic-music.ru

DMITRIY SHOSTAKOVICH

(1906-1975)

Dmitriy Dmitriyevich Shostakovich taniqli kompozitor. 1906 yili 25 sentabrda Sankt-Peterburgda tavallud topgan. 1919 yili Petrograd konservatoriyasiga о‘qishga kirib, uni ikki mutaxassislik bо‘yicha – 1923-yili fortepiano (L.V.Nikolayev sinfi) va 1925-yili kompozitsiya bо‘yicha (M.O.Shtaynberg sinfi) muvoffaqiyatli tamomlagan. Diplom ishi sifatida taqdim etilgan kompozitorning Birinchi simfoniyasi unga shuhrat keltirdi.

Simfoniya janri D.Shostakovich ijodida yetakchi janr hisoblanadi. Kompozitor bimotida 15 ta simfoniya, shu jumladan, Leningradga bag‘ishlangan va 1941-yilgi og‘ir blokada paytida yaratilgan yetinchi mashhur simfoniyasini о‘rin olgan. Kompozitor blokadaning barcha dahshatli onlarini shaxsan boshidan kechirgani bois, asarlagi obrazlarni, jumladan yaqinlashib kelayotgan dushman timsolini simfoniyaning birinchi qismida, bosqin mavzusi yangraganda yorqin ifoda etadi. Simfoniyada tinch hayot va halokatli urush tasvirlari orasida keskin ziddiyat aks ettirilgan. Mazkur simfoniya xalqning bosqinchilarga qarshi kuchli irodasi va matonatini timsoli yoritilgan. Kompozitorni ijodida simfoniyalardan tashqari, torli kvartet jvnri yetakchilik qiladi. D.Shostakovich dunyo miqyosida tanilgan 15 torli kvartet muavllifi hisoblanadi.

Kompozitor opera janrining rivojlanishiga ham о‘z hissasini  qо‘shdi. 1930-yilda Shostakovich N.V.Gogolning hikoyasi asosida о‘zining birinchi «Burun» operasini yaratadi 1934- yilda Y.S.Leskovning hikoyasi asosida «Msensklik Makbet xonim» operasi (Katerina Izmailova, 1956-yil yangi nashri) dunega keldi. Gogoldan sо‘ng kompozitor «Qimorboz» operasi boshladi ammo tugallashga ulgurmadi. 1978-yili uning vafotidan sо‘ngg asar konsertda ilk bor yangradi.

D.Shostakovichning simfonist sifatidagi xizmatlari dastlabki qadamlaridan e’tirof etilgan bо‘lsa-da, uning opera ijodi uzoq vaqt davomida ham jamoatchilik, ham tanqidchilar tomonidan qabul qilinmadi. Bu boradagi omillar «Pravda» gazetasining 1936-yil 28-yanvarda «Musiqa о‘rniga chalkashlik» maqolasida tо‘liq ifodasini topdi. D.Shostakovichning «Oltin asr» (1930), «Bolt» (1931) va «Yorqin oqim» baletlariga hambu borada tanqidiy qarashlardan xolis bо‘lmadi (1935).

1937-yildan e’tiboran kompozitor Leningrad konservatoriyasida pedagogik faoliyatini olib boradi, 1939-yildan boshlab kompozitsiya bо‘yicha professor lavozimida ishini davom ettirdi. 1943-1948 yillar mobaynida kompozitor Moskva konservatoriyasida ham faoliyatolib boradi. Kompozitorning sinfida G.V.Sviridov kabi taniqli shogirdi saboq olgan.

D.Shostakovich kо‘plab xorijiy akademiyalarning faxriy a’zosi, qator oliy о‘quv yurtlarining faxriy doktori  sifatida e’tirof etilgan Uning ijodi Jahahon musiqa san’atining rivojlanishida muhim о‘rin tutib unga ta’sir kо‘rsatadi. Kompozitor 1975 yil 9 avgustda Moskvada vafot etgan.