ALEKSANDR BORODIN
(1833—1887)
Aleksandr Porfirievich Borodin-buyuk rus kompozitor, kimyogar olim. 1833-yil 12-noyabrda Sankt-Peterburgda tavallud topgan. Iilk ta’limini ota-onasidan oladi. 1850-yili Sankt-Peterburg Tibbiyot-jarrohlik akademiyasiga o’qishga kiradi va uni 1856-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Uning ilm borasida amalga oshirgan ishlari e’tiborga loyiq. 1858-yilda A.Borodin tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oladi, 1864-yilda professor, 1874-yilda Tibbiyot-jarrohlik akademiyasining kimyo kafedrasi mudiri, 1877-yilda esa Akademik darajasini oladi. Uning kimyo sohasida amalga oshirgan ishlari hanuzgacha ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Olim bolaligidan musiqaga qiziqib, mazkur sohada ham muvaffaqiyatlarga erishdi. O’z vaqtida A. Borodin kompozitsiya texnikasini mustaqil o’rganadi.XIX asr 60-yillarida M. A. Balakirev boshchiligidagi «Qudratli to’da» to’garagiga a’zo bo’ladi. 1867-yili A. Borodin o’zini birinchi simfoniyasini yozadi, mazkur asar kompozitor sifatida unga shuhrat keltirdi.
Kompozitor rus klassik simfoniyasining ijodkorlaridan biridir. Muvaffaqiyatga erishganidan so’ng A. Borodin bir vaqtning o’zida ikkita asosiy asar ustida ishlay boshladi. Bular Ikkinchi simfoniya (Bogatyrskaya, 1876) va «Igorning yurishi haqida so’z» syujeti asosida yaratilgan «Knyaz Igor» operasi. Opera usti ish 18 yil davomida olib borildi va yakunlanmay qoldi. Muallifning o’limidan so’ng uning ushbu asarini N. A. Rimskiy-Korsakov va A. K. Glazunov qolgan manbaalaridan foydalangan holda operani yakunlaydilar. «Knyaz Igor» 1890-yilda Sankt-Peterburgda sahnalashtiriladi. Opera musiqasi yorqin qahramonona-epik xarakteri bilan ajralib turadi. Nozik lirika ham A.Borodin ijodiga begona bo’lmagan. Uning A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, G. Geyne va o‘zining she’rlari asosida yozgan romanslari bunga yorqin misol bo‘la oladi. «Uzoq Vatan qirg’oqlari uchun» romansi A.S.Pushkin lirikasining eng mukammal badiiy vokal timsollaridan biridir.
A.Borodinning kompozitorlik merosi halman katta bo‘lmasa-da, uning har bir asari chinakam durdonadir. F. List uni «Ulkan va o’ziga xos iste’dod» deb bejiz tariflamagan. Kompozitor 1887-yil 27-fevralda Peterburgda vafot etdi.