Musiqiy pedagogika kafedrasi

ABDUGAPPAROV  ABDUFATTOX

Ilmiy daraja va unvoni: Professor

Lavozimi: Kafedra mudiri

Qabul vaqtlari: Seshanba – Juma soat 14:00 dan 17:00 gacha

Tel: +99899 310-50-44

E-mail: abdugapparov65@inbox.ru

 

Kafedra xaqida

    Kafedraning asosiy maqsad va vazifalaridan biri – musiqiy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganish va metodologik masalalarni tadqiq etish bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat konservatoriyasining misiqa pedagogikasi sohadagi fundamental bazasining asosini tashkil etadi.

1988 yili kafedra “Musiqa ta’limining ilmiy asoslari (MTIA)” sifatida shakllangan bo‘lib, 1997 yildan boshlab kafedra “Musiqiy pedagogika” deb atala boshlandi. Bu esa 2002 yili O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Musiqa ta’limi” yangi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishining ochilishiga turtki bo‘ldi. Kafedra faoliyatining va asosiy unsurlaridan biri – konservatoriya bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularda pedagogik bilim va ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iborat. 2002 yil kafedra tarixida respublika oliy musiqa pedagogikasi ta’limini rivojlantirishning asosiy davrlaridan biri bo‘lib qoldi. Zamon talablariga javob beradigan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yangi bazasida “5111100 – Musiqa ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarning ilk kontingenti shakllandi.

Bu yo‘nalishning asosiy maqsadi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maxsus musiqa bazasida pedagogika va bolalar musiqa ta’limi hamda tarbiyasining yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Kafedra pedagoglarining sa’y-harakati bilan Davlat ta’limi standartining yangi talabi asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, fanlar bo‘yicha darsliklar chop etildi. Jumladan, D. Murodova, Z. Karimova, R. Qodirov, D. Soipova, L. G‘anieva, M. Axmedov, O. Ivanovlar tomonidan pedagogik fanlar bo‘yicha yangi o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ishlar chop ettirildi. Ayniqsa, professor R. Qodirovning “Musiqa pedagogikasi” (2009) hamda “Musiqa psixologiyasi” (2005) kitoblari respublika musiqa ta’limi maskanlarida asosiy qo‘llanma sifatida qabul qilindi.

Bundan tashqari, dotsent D. Soipovaning “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi” (2012) “Yilning eng yaxshi darsligi” Respublika tanlovida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lib, muhim uslubiy qo‘llanma sifatida ahamiyat kasb etdi. Respublika musiqa ta’limini rivojlantirishda kafedra tarixida S. Galiskaya, T. Solomonova, V. Srajev, D. Hoshimova, (N. Rijkova,) G. Musina, T. Zimina, M. Artishevskaya kabi mutaxassislarning xizmatlari katta. Pedagogik amaliyot faoliyati uchun mas’uliyat kafedradagi tajribali mutaxassislarga yuklatilgan. Uzoq yillar davomida amaliyot bo‘limini pedagoglarimizdan – M. Artishevskaya, D. Yunusova, hozirda G. Qurbonovalar boshqarib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3178-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi”ga ko‘ra konservatoriyaning asosiy kvotasiga qo‘shimcha ravishda, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagog kadrlar tayyorlash kvotasini iqtisodiyotning real sektori talab va ehtiyojini o‘rgangan holda viloyatlar kesimida maqsadli shakllantirish vazifalari belgilab berilgan.

“Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi 2018-2019 o‘quv yilida tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 5111100 – Kasb ta’limi: 5150600 – Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) va 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha)  ta’lim yo‘nalishlari negizida boshladi.

2021 yil  1 noyabridan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining № 98-AF sonli buyrug‘i asosida “Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” va “Musiqa pedagogikasi” kafedralari negizida “Musiqiy pedagogika” kafedrasi tashkil etildi.

         Mazkur yildan kafedrada 3 nafar professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 11 nafar katta o‘qituvchi va  7 nafar o‘qituvchi  va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda.

      «Musiqiy pedagogika” kafedrasi umumkonservatoriya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Musiqiy pedagogika va psixologiya”,  “Kasbiy pedagogika”, “Musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Yosh  davrlar psixologiyasi” kabi fanlarni o‘qitish bo‘yicha tayanch kafedra hisoblanadi.

Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) va Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha)  ta’lim yo‘nalishlarida amaliy va yakka fanlardan “Vokal ijrochiligi (turlari bo‘yicha)”, “Vokal ansambli”, “Maktab repertuarini o‘rganish”, “Xonandalikdan dars berish uslubiyoti”, “Jamoa ijrochiligi uslubiyoti”, “Maktab repertuarini innovatsion tizimlash”, “Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) ”, “Ansambl (turlari bo‘yicha) ” va “Oiladosh cholg‘ularni o‘rganish” kabi fanlar o‘qiladi.

“Musiqiy pedagogika” kafedrasi “Professional ta’lim (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida fanlar (ansambl sinfi) guruhli (kichik guruhli), mutaxassislik fanlari esa asosan yakka mashg‘ulot turi sifatida olib boriladi. Dars mashg‘ulotlarida axborot-kommunikatsiya, innovatsion hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda.

Mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 10 ta dars o‘tish xonasi, ON va YaN qabul qilish uchun aloxida zal va talabalar mustaqil shug‘ullanishlari uchun 4 ta repetitoriy xonasi ajratilgan. Xonalar 4 ta royal, 12 ta fortepiano bilan ta’minlangan.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan Qodirov Rauf Gafurovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” (2017), Abdugapparov Abdufattox Abdurazzoqovich “Shuhrat” medali (2021), Raxmatullaeva Zamira Sultanovna “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”(1993) Ulug‘bek Isaev Zairovich MDH davlatlari orasida “Yeng yaxshi pedagog” ko‘krak nishoni sovrindori (2021) va “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovi g‘olibi (2021) bo‘ldilar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

         Kafedra yosh tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashda faol ish olib bormoqda. Doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi uchun doktorantlar ilmiy  tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, G.Igamberdieva “Formirovanie detskogo fortepiannogo repertuara (na primere proizvedeniy kompozitorov Uzbekistana). Problemы i perspektivы” mavzusida, U.Isaev “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini dirjyorlik kompetentligini takomillashtirish” mavzusida, A.Toirov “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida PhD dissertatsiyasi  ustida tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar.

 2023-2024 yillarda: N. Ahmedova “Xor xonandaligi vositasida bolalar ijodkorligini takomillashtirish” mavzusida, G. Igamberdieva “Fortepiano sinfida talabalarni kasbiy-pedagogik tayyorgarchiligi” mavzusida, U.Isaev “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini dirjyorlik kompetentligini takomillashtirish” mavzusida, A.Toirov “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida PhD dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini bajarishlari ko‘zda tutilgan.

2019-2023 yillarda:

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 3 ta darslik yaratildi:

Qodirov R. “Musiqa psixologiyasi” (2019).

Baxriev A. “Kasbiy psixologiya” (2019).  

Abdugapparov A. “Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti” (2020).

Kurbanova G.  “Psixologiya” (2023).

Abdugapparov A. “Metodika obucheniya instrumentalnomu     ispolnitelstvu” (2023).

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 9 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi:

Qodirov R. “Musiqa pedagogikasi” (2019).

Babaeva D. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” (2019).

Baxriev A. “Musiqiy ta’limning psixologik asoslari” (2019).

Baxriev A. “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” (2019).

Baxriev A. Musiqiy pedagogika va psixologiya” (2019).

Isaev U. “Metodika kollektivnogo ispolnitelstva” (2020).

Babaeva D. “Metodika vospitatelnoy rabotы” (2021).

Bekmatov A. “Oiladosh cholg‘ularni o‘rganish” (2021).

Abdugapparov A. “Qo‘shimcha cholg‘ularda ijrochilik” (2021).

2022 yilda 6 ta fandan adabiyot yaratish va nashr etish rejalashtirilgan.

Maqolalar:

Oxirgi uch yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan OAK ro‘yxatidagi xorijiy jurnallarda 23 ta va mahalliy jurnallarda 14 ta maqola e’lon qilingan.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishi:

2019 yilda 3 nafar: Radjabova S. R., Igamberdieva G. A., Ikromova D. I. (288 s.) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida  o‘z malakasini oshirib kelgan.

2020 yilda 3 nafar: Qurbonova G. A., Isaev U. Z., Begmatov A. Q. (288 s.) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘z malakasini oshirib kelgan.

2021 yilda 3 nafar: Qodirov R. G., Karimova Z. G., Xamidova U. X. (288 s.) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida  o‘z malakasini oshirib kelgan.

2021 yilda 2 nafar: Baxriev A. R., Asanova D. D. (288 s.) Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘z malakasini oshirib kelgan.

2021 yilda 1 nafar: Abdugapparov A. A. (288 s.) Bosh ilmiy metodik markazda o‘z malakasini oshirib kelgan.

Oxirgi ikki yil davomida A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri solisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Masuma Baltabaeva, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri solisti, “Shuhrat” medali sohibasi Aziza Muhammedova, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi Bobur Ibragimovlar dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun taklif qilingan.

 Hamkorlik aloqalar

 Kafedra Ozarbayjon Respublikasi Boku milliy konservatoriyasi, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat pedagogika institutlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilgan.

“Musiqiy pedagogika” kafedrasi kadr iste’molchilari hisoblangan Respublikadagi ixtisoslashtirilgan san’at va musiqa maktablari, Bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari  bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hamkorlikda konsert dasturlari, sinf konsertlari, davlat tadbirlari, davlat imtihonlari hamda o‘quv-metodik ishlanmalar yaratilmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Yu. Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib borilmoqda:

 Metodik ishlar:

  1. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi metodik seminarlarida ishtirok etish, pedagoglarining bitiruv malaka ishlarini boshqarish va taqriz yozish, davlat imtihon komissiyasi faoliyatida ishtirok etish.

“Musiqiy pedagogika” kafedrasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Musiqiy pedagogika” fakulteti tarkibiga kiradi.

Xalqaro tanlovlarda mukofotlarga sazovor bo‘lgan

professor-o‘qituvchilar:

F. I. Sh.

Xalqaro va nufuzli tanlovlar nomi

O‘tkazilgan joy va sanasi Tanlov yo‘nalishi

Egallagan o‘rni

O‘qituvchi

Gran-pri va 1 darajali diplom sohiblari

1 Yoshlar xalq cholg‘ular orkestri “Osennie gryozы”

Sankt- Peterburg, 28.10.2020

Xalq cholg‘ular orkestri, dirijor Gran-pri Isaev Ulug‘bek Zairovich, Isaeva Nigora Rashidovna
2 Isaev Ulug‘bek Zairovich “Osennie gryozы” Sankt- Peterburg, 28.10.2020 Xalq cholg‘ular orkestri, dirijor

1

darajali

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich, Isaeva Nigora Rashidovna
3 Isaev Ulug‘bek Zairovich “CA BRAVO” Turkiya, 28.08.2021 – 09.09.2021 Dirijor

 

1

darajali

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich
4 Isaev Ulug‘bek Zairovich “Holly Music” Xarkov, Ukraina. 21.05.2021 Dirijor

1

darajali

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich
5 Ahmedov Alisher Nosir o‘g‘li “Osennie gryozы” Sankt- Peterburg, 28.10.2020 An’anaviy xonanda

 

1

darajali

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich, Isaev Ulug‘bek Zairovich
6 Ahmedov Alisher Nosir o‘g‘li “New year planet 2021” Moskva, 30.12.2020 An’anaviy xonanda

1

darajali

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich, Ahmedova Nargiza Alimjanovna
7 Raimov Jur’atbek Ikrom o‘g‘li “Pro Artist” Xarkov, Ukraina. 15.03.2021 Fortepiano

1

darajali

Gulyamova Gulzamon Hamidovna, Axmedshina Dilyara Marsovna

8 Fazel Naxida Xisrav qizi “Paris Magic” Parij, 08.01.2021 Yestrada vokal

1

darajali

Xalqaro tanlovlarda mukofotlarga sazovor bo‘lgan talabalar:

F. I. Sh. Xalqaro va nufuzli tanlovlar nomi O‘tkazilgan joy va sanasi Tanlov yo‘nalishi Egallagan o‘rni O‘qituvchi

Gran-pri va 1 darajali diplom sohiblari

1 Sharafidinova Muslima “Piano Forte”

Nur-Sulton, Qozog‘iston.

2021

Fortepiano Gran-pri Ikramova Dilbar Israiljanova
2 Amonova Marvarid “Holly Music” Ukraina, Kiev 30.12.2021 Fortepiano Gran-pri Igamberdieva Gullola Abduvoxidovna
3 Baxriddinova Sevara “Holly Music” Ukraina, Kiev 30.12.2021 Fortepiano Gran-pri Igamberdieva Gullola Abduvoxidovna
4 Xudaynazarova Shahnoza “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvoxidovna
5 Adashboeva Sitora “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvoxidovna
6 Turg‘unova Zarina “Holly Music” Xarkov, Ukraina. 21.05.2021 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
7 Xudaynazarova Shahnoza “Holly Music” Xarkov, Ukraina. 21.05.2021 fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
8 Ravshanova Ismigul “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
9 Yo‘ldasheva Sevara “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
10 Saidmurodova Mehrigiyo “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
11 Nurullaeva Shahzoda “New Year Planet 2021” Moskva, 30.12.2020 Fortepiano

1

darajali

Raimov Jur’atbek Ikrom o‘g‘li
12 Shermatova Gulchehra “Melodiya drujbы”

Nijniy Novogorod, 26.11.2020

 

Dutor

1

darajali

Hamidova Umidaxon Habibullaevna
13 Zokirova Dilobar “Melodiya drujbы”

Nijniy Novogorod, 26.11.2020

 

Dutor

1

darajali

Hamidova Umidaxon Habibullaevna
14 Toxtaoxunova Guliniso “Osennie gryozы” Sankt- Peterburg, 28.10.2020 Dutor

1

darajali

Isaeva Nigora Rashidovna, Isaev Ulug‘bek Zairovich
15 Sharipova Shahnoza Haydar kizi “Raduga talantov 2021” Sankt- Peterburg, 20.06.2021 Dutor

1

darajali

Hamidova Umida Habibullaevna
16 Shoxruh Toyirov “New Time Music”

Moskva

 

Qashqar  rubobi

1

darajali

Begmatov Akmal Kaimjonovich
17 Tursunov Isroil “New Year Planet 2021” Moskva 30.12.2020 Qashqar  rubobi

1

darajali

Begmatov Akmal Kaimjonovich
18 Mavlonqulov Javohir “New Year Planet 2021” Moskva 30.12.2020 Qashqar  rubobi

1

darajali

Begmatov Akmal Kaimjonovich
19 Yuldashev Samandar “Iskusstvo bez granis” Moskva 06.04.2021 Qashqar  rubobi

1

darajali

Begmatov Akmal Kaimjonovich

I darajali diplom sohiblari

1 Adashboeva Sitora “Holly Music” Xarkov, Ukraina. 21.05.2021 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
2 Ravshanova Ismigul “Holly Music” Xarkov, Ukraina. 21.05.2021 Fortepiano

1

darajali

Igamberdieva Gullola Abduvohidovna
3 Rustamova Nafisa “Magic stars of Paris” Fransiya, 08.01.2021 Yestrada vokal

1

darajali

Fazel Naxida Xisrav qizi
II darajali diplom sohiblari
1 Tuxtamurodova Madina, Safi Sagal Navid, Shoakbarov Jamshid, Baxtiyorov Jahongir “Pro Artist” Xarkov, Ukraina. 15.03.2021 Kvartet

1

darajali

Dilmurotov Mirzabek O‘tkir o‘g‘li
2 Baxtiyorov Jahongir, Ramatov Ibrohim “Pro Artist” Xarkov, Ukraina. 15.03.2021 Duet

1

darajali

Dilmurotov Mirzabek O‘tkir o‘g‘li

Diplom sohiblari

1 Tursunov Isroil “Pro Artist” Xarkov, Ukraina. 15.03.2021 Qashqar  rubobi Diplom

Begmatov Akmal Kaimjonovich

 Bakalavriat yo’nalishi:

5150100 – Bastakorlik san’ati

5150200 – San’atshunoslik tarixi (musiqashunoslik)

5150500 – Dirijorlik (turlari bo’yicha)

5150600 – Vokal san’ati (turlari bo’yicha)

5150700 – Ijro san’ati (turlari bo’yicha)

5150400 – Texnogen san’at (musiqiy ovozli muhandislik)

Magistr yo’nalishlari:

5A150100 – Bastakorlik san’ati

5A5150701 – Instrumental ijro (pianino (organ))

5A150200 – San’atshunoslik tarixi (musiqashunoslik)

5A150500 – Dirijorlik (turlari bo’yicha)

5A150600 – Vokal san’ati (turlari bo’yicha)

5A150700 – Ijro san’ati (turlari bo’yicha)

Kafedrada o’tiladigan fanlar:

Bakalavr o’quv intizomlari:

  • Musiqiy pedagogika va psixologiya
  • Kasbiy pedagogika
  • Musiqiy-nazariy fanlarni o’qitish metodikasi
  • Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorati
  • Fortepiano o’qitish metodikasi
  • Fortepiano musiqasining talqini
  • 20-asr bastakorlik texnikasi, fortepiano yozuvlarini o’rganish
  • Fortepiano ijrochiligining zamonaviy muammolari

Magistraturaning maxsus fanlari:

  • Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi

Kafedral hamkorlik shartnomalari:

  • Ozarbayjon Respublikasi Milliy konservatoriyasi
  • V. Uspenskiy nomidagi RIMAL;
  • R. Glier nomidagi RIMAL.

Kafedraning asosiy vazifalaridan biri bu o’qitish nazariyasi va amaliyotini chuqur o’rganish va O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining pedagogik yo’nalishining fundamental asosi bo’lgan metodik masalalarni hal qilishdir.

1988 yilda kafedra «Musiqiy ta’limning ilmiy asoslari» deb nomlandi, 1997 yildan kafedra «Musiqa pedagogikasi» deb nomlandi. Bu 2002 yilda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasida yangi yo’nalish bo’yicha «Musiqiy ta’lim» bakalavriatining ochilishiga olib keldi. Konservatoriya bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash, pedagogik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish kafedra faoliyatining asosiy elementlaridan biridir.

2002 yilda kafedra tarixida respublika oliy musiqa pedagogikasi rivojlanishining muhim davrlaridan biriga aylandi. Yangi O’zbekiston davlat konservatoriyasida davr talablariga javob beradigan «Musiqiy ta’lim» yo’nalishi bo’yicha talabalarning birinchi kontingenti shakllantirildi.

Ushbu yo’nalishning asosiy maqsadi – O’zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus musiqiy bazasi asosida pedagogika, musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. Kafedra o’qituvchilarining sa’y-harakatlari bilan davlat ta’lim standartining yangi talablari asosida fanlar bo’yicha darsliklar nashr etildi. D. Murodova, Z. Karimova, R. Qodirov, D. Soipova, L. G’anieva, M. Axmedov, O. Ivanov pedagogika fanlari bo’yicha yangi darsliklar va o’quv qo’llanmalarni nashr etishdi.

Xususan, professor R.Qodirovning «Musiqiy pedagogika» va «Musiqiy psixologiya» kitoblari respublika musiqiy ta’lim muassasalarida asosiy ma’lumotnomalar sifatida qabul qilingan.

Bundan tashqari, dotsent D. Soipova tomonidan yaratilgan «Musiqa va pedagogika nazariyasi va metodikasi» (2012) o’quv qo’llanmasi respublika tanlovining «Yilning eng yaxshi kitobi» deb tan olindi. Respublika musiqiy ta’limining rivojiga Sh.Galitskiy, T.Sulaymonova kabi mutaxassislar. , V. Srazhev, D. Hoshimova, N. Rijjova, G. Musina, T. Zimina, M. Artishevskaya kabilarning hissalari kattadir. O’qitish faoliyati uchun javobgarlik kafedraning tajribali mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Ko’p yillar davomida o’qituvchilarimiz M. Artishevskaya, D. Yunusova va G. Qurbanova o’qitish amaliyotiga rahbarlik qildilar.

«Musiqiy pedagogika» kafedrasi O’zbekiston davlat konservatoriyasining barcha yo’nalishlari va mutaxassisliklari talabalarining pedagogikasi va amaliyotining barcha jihatlari bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.