Musiqa nazariyasi kafedrasi

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 5150201 

Kafedra magistratura mutaxassiligi: 5А150202

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavr yo‘nalishi uchun

  • Solfedjio
  • Polifoniya
  • Garmoniya
  • Mutahassislik
  • Musiqiy asarlar tahlili
  • Monodiyani nazariy asoslari
  • Nazariy-musiqiy tizimlar

Magistratura mutaxassisligi uchun

  • Mutahassislik
  • Musiqa uslublari tarixi
  • Murakkab solfedjio
  • Maqom solfedjiosi
  • Zamonaviy garmoniya
  • Zamonaviy рolifoniya
  • Zamonaviy musiqa shakli

Musiqa nazariyasi kafedrasi O`zDKning yetakchi kafedralaridan biri bo`lib, professional kadrlar tarbiyalash va tayyorlashda muhim o`rin egallaydi. Har yili kafedraning yuqori malakali mutaxassislari O`zbekiston va xorijiy musiqa bilim yurtlarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan puxta bilimli va salohiyatli mutaxassislarni yetishtirib bermoqda.

Musiqa nazariyasi kafedrasi 1946-yilda tashkil etilgan. Ko`p yillar davomida kafedra tarkibida Yu.Tyulin, Yu.Kon, I.Karelova, O.Polikarpova, A.Kotlyarevskiy, N.Yudenich, G.Balter kabi yirik fan arboblari va yetuk nazariyotchilar ishlaganlar.

1960-1995-yillar mobaynida S.Zakrjevskaya, S.Galitskaya, Yu.Plaxov, N.Bordyug, M.Kovbas, D.Shtern, L.Koval, Ye.Matsokina, A.Koralskiy, L.Krasutskaya, V.Shapkunova, I.Sotnikova, I.Malmberg, I.Fedorenko, Yu.Kats kabi yuqori malakali nazariyotchi olimlar va ulkan tajribali murabbiylar ham kafedra tarkibida o`z faoliyatlarini olib bordilar. Ular qatorida N.Kokulyanskaya, Z.Karimova, M.Rozenberg, N.Axmedxodjayeva, F.Muxtarova, A.Azimova, N.Axundjanova, S.Xisamova, S.Mirxodjayeva, V.Glinskiy, S.Matyakubova, L.Bikova singari yosh istiqbolli kadrlar ham qo`shildilar.

Shu yillarda kafedra mudiri I.Akbarov boshchiligida ilmiy-tadqiqiy va metodikjarayon ancha faollashtirildi. Xususan, 4 tadoktorlik va 27 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi; ko`plab monografiya, darslik, xrestomatiya va ilmiy-metodik maqolalar nashr yuzini ko`rdi; shu bilan birga monodiya nazariyasi va kompozitorlik ijodiyoti jabhasiga doir ilmiy tadqiqotlarga ham asos solindi.

1991-1996 yillarda kafedrani A. Azimova boshqargan. Jiddiy olim, tajribali, yuqori professional o’qituvchi I.A.Akbarovning an’analarini davom ettirdi.

1996-2014-yillar mobaynida esa F.Muxtarova kafedraga boshchilik qildi. Bu davrda kafedra a`zolari tarkibi aspirantura va magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan yosh milliy kadrlar bilan boyidi. Bakalavriat va magistratura uchun o`zbek tilidagi bir qator monografiya, darslik va o`quv qo`llanmalar nashr etildi. Xususan, garmoniya (A.Azimova), polifoniya (F.Muxtarova), zamonaviy garmoniya (A.Azimova, Sh.Ibragimova), solfedjio (S.Matyakubova), modal garmoniya (I.Malmberg) kabi manbalar shular jumlasidandir.

Kafedraning hozirgi ilmiy-tadqiqiy faoliyati quyidagi asosiy yo`nalishlarda o`z aksini topadi:

  • zamonaviy kompozitorlik ijodiyotning nazariy muammolari (garmoniya, polifoniya, shakl, janrlar, uslublar sohasida)
  • O`zbekiston kompozitorlari ijodidagi zamonaviy vositalar va yozuv texnikalari monodiyaning nazariy masalalari
  • OTM, litsey, kollej, BMSMlari uchun darslik va o`quv-uslubiy adabiyotlar yaratish
  • Xalqaro va respublika konferentsiyalarini o’tkazish va ishtirok etish.

Hozirgi kunda “Musiqa nazariyasi” kafedrasida 14 nafar professor-o‘qituvchilar I.M.Mirtalipova rahbarligi ostida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Kafedraning 3 nafar professor-o‘qituvchi: san’atshunoslik fanlari doktori A.A.Azimova, san’atshunoslik fanlari nomzodi F.Sh.Muxtarova, san’atshunoslik fanlari nomzodi S.K.Matyakubova professor ilmiy unoviga; 2 nafar ustozlar: san’atshunoslik fanlari nomzodi T.Yu.Davidova hamda pedagogika fanlari nomzodi E.I.Melkumova dotsent ilmiy unovoniga ega. Shu bilan bir qatorda, 7 nafar katta o‘qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar, xususan, N.A.Axundjanova, M.A.Radjabova, Sh.E.Ibragimova, S.M.Maxmudova, Sh.I.Lutfullaeva, N.R.Tursunova, A.A.Kutluchurina shular jumlasidandir. Kafedraning o‘qituvchi lavozimida M.F.Boysinova ishlab kelmoqdalar.

O‘rnida ta’kidlash kerakki, kafedrada 2021-2024 o‘quv yili davomida professor A.Azimova rahbarligida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini I.Mirtalipova “Mikroxromatika. Nazariya, tarix va amaliyot”,  Sh.Berdixanova “Ritmicheskie osnovы karakalpakskoy traditsionnoy muzыki”, A.Kutluchurina “Faktura v tvorchestve kompozitorov Uzbekistana v kontekste traditsionnogo i sovremennogo muzыkalnogo mыshleniya v godы nezavisimosti” singari mavzularda dissertatsiyalar muvafaqqiyatli himoya qilingan.

Professor A.Azimovaning “Garmoniya. Nazariy kurs” darsligi, “Garmoniya” 2 qism (bastakorlik va musiqashunoslik yo‘nalishlari uchun) o‘quv qo‘llanma, “Zvukovoy mir karakalpakov” va “Muzыkalnыy traditsionnыy yazыk uzbekskogo, karakalpakskogo i uygurskogo narodov” nomli ikkita fundamental tadqiqoti nashr yuzini ko‘rgan.

Professor F.Muxtarova qalamiga mansub “Polifoniya” fani bo‘yicha tayyorlangan darsligi kafedraning yana bir o‘quv-uslubiy yutuqlaridan yana biri hisoblanadi.

    Professor S.Matyakubova tomonidan quyidagi nashrlar chop etilgan:

 “Maqom solfedjiosi. 2-qism. Cholg‘u yo‘llari” o‘quv qo‘llanmasi, “Maqom solfedjiosi. 3-qism. Namudlar” o‘quv qo‘llanmasi, “Maqom solfedjio. (Maqom ritmlari)” o‘quv qo‘llanmasi, “Musiqiy asarlar tahlili. Barokko” o‘quv qo‘llanmasi, “Musiqiy asarlar tahlili. XVIII – XIX asrlar klassik, romantik shakllar”. Darslik.

         Dotsent T.Davidovaning “Istoriya muzыkalnыx stiley (natsionalnыy stil v usloviyax sovremennosti na primere simfoniy kompozitorov Uzbeksitana)”, I.Mirtalipovaning “Zamonaviy garmoniya, polifoniya va musiqa shakli. O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida mikroxromatika” nomli o‘quv qo‘llanmalari “Musiqa nazariyasi” kafedrasining yana bir yutuqlaridan hisoblanadi.

         Bugungi kunda, kafedrada 1 nafar doktorant
(DSc), 1 nafar tayanch doktorant (PhD), 3 nafar mustaqil izlanuvchilari musiqa ilmining turli yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib bormoqdalar. “Musiqa nazariyasi” kafedrasining yana bir mustaqil tadqiqotchisi K.Azimov “Zamonaviy o‘zbek milliy operalari dirijorlik talqinida” mavzusida dissertatsiyasi himoyasiga tavsiya etildi.

         2020-2024 o‘quv yillari mobaynida kafedraga biriktirilgan bakalavriat bosqichida 20 nafardan ortiq talabalar tahsil olishmoqda, oxirgi 5 yillikda magistratura bosqichida 5 nafar talabalar magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.