Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbiri bo’lib o’tmoqda
![Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbiri bo'lib o'tmoqda](https://konservatoriya.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-09_09-42-22.jpg)
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mas’ullari, davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Harbiy orkestr sadolari ostida boshlangan tadbirga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich, vazir o‘rinbosari Sarvarxon Munavvarxonovich va vazirlik va markaz jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tavsiya etilgan
![Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi](https://konservatoriya.uz/wp-content/uploads/2024/06/Без-названия.jpg)
Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi
Iyul 14, 2024
![Appeliatsiya natijasi](https://konservatoriya.uz/wp-content/uploads/2024/07/Без-названия.jpg)
Appeliatsiya natijasi
Iyul 11, 2024
![Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi](https://konservatoriya.uz/wp-content/uploads/2024/07/Без-названия-1.jpg)
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
Iyul 10, 2024