2024-yil 26-yanvar kuni BAA (Fujayra) delegatsiyasi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi.

2024-yil 26-yanvar kuni BAA (Fujayra) delegatsiyasi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolari:

Janobi Oliylari Ali Obayd Al-Hafitiy Fujayra Tasviriy sanʼat akademiyasining bosh direktori.

Alla Salah Attia – Madaniy tadbirlar bo’limi boshlig’i

Gulmira Abduxoliqova – ekspert o‘qituvchi va “Mavhibati” dasturining musiqa eksperti (BAA hakamlar hay’ati a’zosi)

Ahmad Xolid Al-Shabraviy Hasan Husayn – fotograf

 

 O’zDk organ zalida 20-29 fevral kunlari Fujayra shahrida Bo‘lib o‘tadigan fortepiano tanlovi uchun saralash tinglovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda 18 yoshdan oshgan 24 nafar pianinochi ishtirok etdi, tinglov natijalariga ko‘ra Fujayra shahridagi tanlovda ishtirok etish uchun 7 nafar pianinochi tanlab olindi.

2024-yil 28-yanvar kuni BAA delegatsiyasi xuddi shu tarkibda konservatoriyaga keldi, ularga konservatoriya muzeyini ko‘rsatdik. Shuningdek, ular kichik kontsertni tinglashdi, unda vokalistlar, chalg’ichi va violonchel ijrochisi ishtirok etishti. So‘ngra talabalar xalq cholg‘u asboblari orkestri ijrosidagi bir nechta asarlarni tingladilar – ular milliy cholg‘u asboblarimizning har biri bilan ham yaqindan tanishdilar, so‘ng konservatoriya hori va puflama asboblari orkestrni eshitishti, “So‘g‘diyona” xalq cholg‘u asboblari orkestri va O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ijrosini tingladilar. Tashrif natijasida mehmonlar juda mamnun bo‘lib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida musiqa san’ati yuksak saviyada ekanligini ta’kidladilar.

 

Share