PYOTR ILICH CHAYKOVSKIY

Пётр Ильич Чайковский | Детская школа искусств-Красноярский край, пос. Солонцы

PYOTR ILICH CHAYKOVSKIY

(1840-1893)

Pyotr Ilich Chaykovskiy- buyuk  kompozitor, dirijyor, o Chaykovskiy qituvchi. 1840-yil 7-mayda Kamsko-Votkinsk zavodi atrofida joylashgan qishloqda (hozirgi Udmurtiyaning Votkinsk shahri), tog’- kon muhandisi oilasida tavallud topgan. 1850-yilda Sankt-Peterburgga butun oilasi  bilan  ko’chib u erda P.I. Chaykovskiy huquqshunoslik fakultetiga o’qishga kiradi va uni 1859-yilda tumomlaydi. Unga titul maslahatchisi unvoni va  faoliyati uchun Adliya vazirligidan joy ajratiladi. Ammo musiqaga bo’lgan  katta muhabbati  uni 1862-yilda  o’sha paytda yangi ochilgan Sankt-Peterburg konservatoriyasiga etaklab,  imtihonlarni topshirishga sabab boldi. 1863-yildabolajak kopmozotpr  davlat xizmatni to’xtatib  konservatoriyani kumush medal bilan tamomlaydi (1866). P.I.Chaykovskiy Moskva konservatoriyasiga professor lavozimiga taklif qilinadi. Muallifning  shu yili «Birinchi simfoniya»si (Qishki tushlar), 1869-yilda esa «Voevoda» operasi, shuningdek,  «Romeo va Juletta» fantaziya uvertyurasi, 1875-yilda mashhur birinchi fortepiano kontserti , 1876-yilda  esa «Oqqush ko’li» baleti dunyoga keldi.

1870-yillarning oxirida kompozitor muvaffaqiyatsiz nikoh bilan bog’liq og’ir ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. 1878-yilda dars berishni to’xtatdi. Shunga qaramay, usshsbu yillarda uning eng taniqli asarlaridan biri – A. S. Pushkin syujeti asosida «Yevgeniy Onegin» operasi yaratildi. Haqiqiy ijodiy cho’qqi esa A.S.Pushkinning hikoyasiga asoslangan «Piki xonim» (1890) operasi bo’ldi. 1891-yili P.I. Chaykovskiy o’zining so’nggi operasi «Iolanta» ni yozadi. Balet uchun yozgan asarlari  qatorida «Uyqudagi go’zal», (1889); “Qarsildoq” (1892) ijodkor istedodini namoyish etdi. P.I.Chaykovskiyning simfonist sifatida yuksalishi uning oltinchi simfoniyasida (1893)yorqin ifodasini topdi.

 Kompozitor muntazam ravishda  o’z ijodida kichik shakllarga murojaat qilgan. Uning bisotida  vokal lirikasining durdonalari bo’lmish 100 ta romanslar, shuningdek, 100 dan ortiq fortepianino pyesalari (jumladan,»Yil fasllari» (1876) va «Bolalar albomi» (1878))  o’rin olgan. P.I.Chaykovskiyning ijodi uning  hayotiylik davrida yuksak baholangan. Kompozitor 1885-yili  Rossiya musiqa jamiyati direktori etib saylandi, 892-yili Frantsiya tasviriy san’at Akademiyasining muxbir a’zosi, 1893- yili esa Kembrij universitetining faxriy doktori unvonini olgan.

P.I. Chaykovskiy umrining so’nggi yillarini Moskva yaqinidagi Klin shahrida o’tkazdi.  1892-yilda u erda sotib olingan uy, 1894-yildan e’tiboran kompozitor uy muzeyiga aylandi .Kompozitor 1893-yil 6-noyabrda Peterburgda vafot etdi.