Ma‘murjon Uzoqov 1904-yil Marg’ilonning Mashhad mahallasida shohi to‘quvchi kosib Uzoqjon Qosimov oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidan onasining hirgoyi qilgan qo’shiqlarini eshitib musiqaga muhabbat uyg‘onadi.12 yoshida boshlang’ich maktabni tugallaydi.U qo‘shiq aytishni sevardi.Bir qator hofizlar Mamatbobo Sattorov,Boltaboy Rajabov,Hamroqul qori singari ajoyib xalq hofizlarining qo‘shiqlari Ma‘murjon Uzoqovga qattiq ta‘sir qiladi.Xudoybergan Maxsumov bilan bo`lib kuylaydi..Ma‘murjon Uzoqov o‘z repertuarini «Chaman yalla» , «Qurbon qaytarma» , «Dugoh Husayn» , «Buxoro Irog‘i» kabi klassik ashula va xalq qo‘shiqlari bilan boyitdi.
Ma‘murjon Uzoqov 1939-yil Toshkentda tashkil etilgan Muqumiy nomidagi respublika musiqali drama va komediya teatriga taklif qilinadi va teatrning «Tohir va Zuhra» spektaklida Jarchi rolini,keyinchalik esa Tohir rolini ijro etadi.
1941-yildan boshlab Ma‘murjon Uzoqov o’zining hofizlik faoliyatini O‘zbek davlat estradasi bilan bog‘lab olib boradi. Halima Nosirova,Jo‘raxon Sultonov,Karim Zokirov,Tamaraxonim,Mukarrama Turg‘unboyeva,Doni Zokirov kabi san’atlardan iborat brigadaning konsertlarida ishtirok etadi.
1950-yillarning boshlarida O‘zbekiston radiosi ansambliga yakkaxon-hofiz sifatida ishga taklif etiladi.
Ma‘murjon Uzoqov repertuarlari uchun xarakterli ashulalar quyidagilardan iborat:
«Aylading» , «Parvo etib ket» , «Bir kelib ketsin» , «Yolg’iz» , «Ul kun jonon» , «Qalam qoshing», «Yor istab», «Bayot V » , «Janon kelur» , «Baxt» va boshqalar.
Ma‘murjon Uzoqov ashulachilik mahorati bilan Tojikiston,Qozog’iston, Qirg’iziston kabi respublikalarda ham dong taratdi.
Unga 1939-yilda «SSSR xalq hofizi» degan faxriy unvon berildi,O‘zbekiston va ko’plab qardosh davlatlarning ko’pgina faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.
Ma‘murjon Uzoqov 1963-yili Marg’ilonda vafot etdi.