IGOR STRAVINSKIY

IGOR STRAVINSKIY

(1882—1971)

Kompozitor Igor Fedorovich Stravinskiy 1882-yil 17-iyunda Oranienbaumda (hozirda Lomonosov shahri) mashhur opera xonandasi F. I. Stravinskiy oilasida tug’iladi. Shunga qaramay, u musiqachi bo’lishni niyat qilmagan va 1900-yilda Sankt-Peterburg universitetining yuridik fakultetiga o’qishga kiradi. Talabalik yillarida Stravinskiy N.A.Rimskiy-Korsakov bilan tanishadi va 1903-yildan boshlab undan saboq ola boshlaydi. Bu mashg’ulotlar 1908-yilda ustozi vafotigacha davom etdi.

1910-yilda Stravinskiy o’zining birinchi «Olovli qush» baletini yaratadi,  S. P. Diagilev tashabbusi bilan rus fasllari xorijda festivali doirasida (1907-yildan 1913-yilgacha Rossiyalik aktyorlar va musiqachilarning Parijda gastrollari o’tkazilgan) Parijda sahnalashtiriladi. Stravinskiyning navbatdagi “Petrushka” (1911) baleti ham rus fasllari festivali voqeasiga aylanadi va kompozitorga jahon shuhratini keltiradi.

1913-yilda yozilgan «Muqaddas bahor» uchinchi baleti, klassik balet raqsini tark etgan holda xoreograf M. M. Fokinning novatorlik ishi tufayli dastlab jamoatchilik tomonidan qabul qilinmaydi. 1914-yilda Stravinskiy opera janriga murojaat qiladi va G. X. Andersen ertagi asosida «Bulbul» operasini yaratdi. O’sha yili u Rossiyani tark etadi; dastlab Shveytsariyada, 1920-yildan Fransiyada yashaydi. U yerda A. S. Pushkinning «Kolomnadagi uy» syujeti asosida «Mavr» (1922) va Sofokl tragediyasi asosida «Shoh Edip » (1927) operalari yozadi. Bu asarlar Stravinskiy ijodining cho’qqisiga aylanadi. 1939-yilda Igor Fedorovich Evropani tark etadi va AQShga ko’chib o’tadi va u yerda jazz musiqasi an’analariga murojaat qiladi. 1945-yilda «Klarnet va jazz guruhi uchun “Qora kontsert»ni yozadi.

Stravinskiyning ijodiy merosi juda katta: 4 ta opera, 12 ta balet, kantata, simfoniya, kontsert, xor va boshqalar. U 20-asr musiqasining eng muhim islohatchilardan  biri hisoblanadi. 1971-yil 6-aprelda Nyu-Yorkda vafot etdi.