G‘ULOM ZAFARIY

Diydor” teatr-studiyasi taqdim etadi: G'ulom Zafariy. Halima. | Xurshid Davron kutubxonasi

G‘ULOM ZAFARIY

(1889-1938)

G‘ulom Zafariy kopqirrali ijod sohibi bolib, u ozbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib orin egallaydi. U 1889-yili Toshkentning Beshyogoch dahasiga qarashli Kattabog mahallasida tavallud topti. Аvval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Kokaldosh madrasasida taʼlim oldi. U 1912—1924 yillarda Osh shahrida oqituvchilik qildi. 1914 yildan boshlab Toshkentdagi «Turon» truppasida aktyorlik qildi, oqituvchi bolib ishladi. 1917 yildan «Ishchilar dunyosi» jurnali, shuningdek, bilim yurtlarida faoliyat korsatadi.

Gulom Zafariy ijodi 1914 yildan boshlangan bolib, u dastlab oz sheʼrlari bilan taniladi. Songra esa «Baxtsiz shogird» (1914) nomli bir pardali piesa yozadi, keyin «Bahor», «Gunafsha», «Tosqinchilik», «Yorqinoy», «Rahimli oqituvchi», «Mozorlikda», «Maqtangan kishi», «Tatimboy ota», «Chopon Temir» (1924) hamda «Yoshlar endi berilmas» (1926) kabi piesa va dostonlar yaratadi.

Gulom Zafariy yozuvchi, dramaturg sifatida ozining «Halima» piesasi bilan mashhur bolgan. «Halima» 1920 yilda yozilgan bolib, osha yilning 14 sentyabrida «Turon» truppasida Mannon Uygur tomonidan sahnalashtirilgan. Mazkur asar tongich milliy musiqali drama bolib, uning musiqiy bezagini ham muallifning ozi mashhur sozanda Shorahim Shoumarov hamda mulla Toʼychi Hofiz yordamida bajargan. Аyni chogda «Halima» oz davrida milliy opera sifatida baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb atagan.

Gulom Zafariy ozbek milliy kuylari, maqom va maqom shobalarini juda yaxshi bilgan tom maʼnodagi ziyoli edi. Uning «Sharq musiqalari va cholgulari»,  «Musiqa muammosi», «Ozbek musiqasi togrisida» kabi maqolalari shular jumlasidandir.

Ozbek musiqa madaniyati tarixida u musiqiy sahnaviy asarlar muallifi, milliy musiqa namunalari toplovchisi hamda tadqiqotchisi sifatida tanilgan. Gulom Zafariy va uning safdoshlari (Fitrat, V.Uspenskiy, Elbek) jonbozligi tufayli uyushtirilgan ilk musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijasida musiqa merosini toplash va organish tizimiga asos solindi: 1920-yillar boshida Buxoroda Tanbur chizigining nusxasi topildi, 1923—24 yillarda Buxoro Shashmaqom», 1925 yilda Sh.Shoumarovdan Toshkent-Fargona maqom yollari ilk bor notaga yozib olindi. Elbek bilan Fargonaga uyushtirilgan ekspeditsiya natijalari asosida milliy musiqiy folklorning birinchi (garchand nota yozuvisiz bajarilgan bolsa-da) tizimli nashri — «Аshulalar» toplami tayyorlandi.

Gulom Zafariy 1937 yilda qatagonga uchrab, 1938-yil 4-dekabrda qatl etilgan.