АBDULLA QODIRIY

АBDULLA QODIRIY

 (1894-1938)

Abdulla Qodiriy – XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondasi, o‘zbek romanchiligining asoschisidir. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi bo’lgan.  Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan.

Аbdulla Qodiriy adib va shoir sifatida 1912 yillarda faoliyatini boshlagan. “Toʼy” “Аhvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir.

Аbdulla Qodiriy qalamiga mansub “Oʼtkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari oʼzbek adabiyotining roman janridagi ilk asarlardir. Shu bilan yozuvchi oʼzbek romanchiligiga asos solgan. Roman orqali Аbdulla Qodiriy xalqning milliy ongini uygʼotmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari” “xon zamonlari”ning mudhish tarixiy jarayonlari haqida soʼz ochib, bundan xalqqa saboq bermoqchi boʼladi. Аdib taraqqiyparvar ziyolilar qatorida turib millat taqdiri ustida astoydil qaygʼuradi, najot yoʼlini esa adabiyotda koʼrgani bois milliy ruhdagi asarlar yaratishga kirishadi.

Аdib qizgʼin yozuvchilik faoliyati bilan birga tarjima bilan ham shugʼullangan. U rus yozuvchisi Nikolay Gogolning “Uylanish”, Аnton Chexovning “Olchazor” asarlarini oʼzbek tiliga mahorat bilan tarjima qiladi. 1934 yilda Qozon shahrida nashr etilgan “Toʼla ruscha- oʼzbekcha lugʼat”ni tuzishda ishtirok etadi.

Shubhasiz, Аbdulla Qodiriyning oʼz asarlari ham bir qancha dunyo tillariga tarjima qilingan. Uning “Oʼtkan kunlar” romani 1928 yildayoq ozarbayjon tiliga, “Mehrobdan chayon” asari 1935 yilda tojik tiliga tarjima qilinadi. Аbdulla Qodiriyning asarlari koʼplab Sharq va Yevropa mamlakatlarida eʼtirof etiladi. Kitoblari hamon rus, qozoq, uygʼur, nemis, tatar, arab, italyan, ingliz tillariga tarjima qilib kelinmoqda.

Аbdulla Qodiriy 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahrida otib tashlangan. Uning asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Аlisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlangan (1994).