Boris Isaakovich Zeydman (1908-1981)

         Kompozitor, pedagog. O‘zbekiston xalq artisti (1978), Ozarbayjon (1956) va O‘zbekistonda (1964) xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor (1949). Leningrad konservatoriyasini va aspiranturasini (1936) tugatgan. Saratov (1931-33) va Leningrad (1933-39) musika bilim yurtlarida o‘qituvchi, Ozarbayjon (1939-57) va Toshkent (1957-81) konservatoriyalarida kompozitsiyadan dars bergan. Shogirdlari – F. Amirov, S. Aleskerov, V. Muxatov, M. Kajlaev, O‘zbekistonda – R. Hamraev, T. Qurbonov, N. Zokirov, E. Solihov, Sh. Shoymardonova, D. Omonullaeva va boshqalar. 8ta opera – «Maskarad» (1958), «Zaynab va Omon» (T. Sodiqov, D. Zokirov va Yu. Rajabiy b-n hamkorlikda, 1958) va b.; 5ta balet – «Oltin kalitcha» (1959), «Kulib turadigan odam» (1962) va b.; 2ta musikali drama – «O‘g‘il uylantirish» (S. Yudakov, Yu. Rajabiy b-n), «Qari qiz» (F. Toshmatov b-n); 5ta simfoniya, konsert va kamer-cholg‘u asarlar, romans va qo‘shiqlar muallifi. Ijodida rus mumtoz musiqa an’analariga tayangan.
         Ozarbayjon va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, mohir pedagog, kompozitor, professor Boris Zeydman ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan zamonaviy musiqa san’ati rivojlanishi uchun samarali xizmat qildi va musiqa tarixida salmoqli iz qoldirdi.
1957 yili Toshkent davlat konservatoriyasi rahbariyatining taklifiga ko‘ra prorektor va kompozitsiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. 1981 yilga qadar bu yerda 30 dan ortiq kompozitorlarni tayyorladi. Uning o‘quvchilari orasida O‘zbekiston san’at arboblari A.Otajonov, R.Vildanov, R.Hamroev, E.Salixov, R.Abdullaev va boshqalarni ko‘rish mumkin.
        B.Zeydman Boku opera va balet teatrida qo‘yilgan «Gnev naroda», «Novogodnyaya noch», «Maskarad», «Gore ot uma», «Sga polka», Navoiy nomidagi opera va balet teatrida qo‘yilgan: «Dvenadsataya noch», «Russkie lyudi», «Zaynab va Omon» (T.Sodiqov, Yu.Rajabiy va D.Zokirovlar bilan hamkorlikda yozilgan) operalari, «Zolotoy klyuchik», «Chelovek, kotorыy smeyotsya», «Drakon i solnse», «Soroka-vorovka», «Graf Monte Kristo» baletlari, Saratov opera va balet teatrida «Krasnoe i zelyonoe» va «Vыstrel») operalari muallifi.
         Muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahna yuzini ko‘rgan «O‘g‘il uylantirish» (H.G‘ulom pesasi, musiqasi S.Yudakov va Yu.Rajabiylar hamkorligida) musiqali komediyasi; «Qariqiz» (T.To‘la pesasi, musiqasi T.Toshmatov hamkorligida) musiqali dramasi; «Farg‘ona hikoyasi» (H. G‘ulom pesasi, musiqasi T.Jalilov hamkorligida).
             Uning 2-fortepiano konserti (1935 y.), alt va orkestr uchun konsert (1938 y.), «Xusrav va Shirin» simfoniyasi (1941 y.), fortepiano va orkestr uchun fantaziya (1950 y.), simfonik orkestr uchun 3 ta uvertyura (1949, 1950, 1951 y.), simfonietta (1957 y.), 1 va 2 simfonik syuita (1961 y.), katta simfonik orkestr uchun Z ta konsert (1963, 1972, 1978 y.); 8 ta simfoniya (1941, 1966, 1967, 1976, 1977, 1978, 1979, 1981 y.), skripka va orkestr uchun «Fantaziya» (1952 y.), Konsert № 1, 2 (1968, 1981 y.), orkestr va fortepiano uchun 4ta konsert (1931,1935, 1970,1974 y.), alt skripka va orkestr uchun konsert № 2 (1962 y.), trombon va orkestr uchun konsert (1977 y.), simfonik orkestr uchun «Chelovek, kotorыy smeyotsya», «Drakon i solnse», «Soroka-vorona» va «Graf Monte Kristo» baletlar musiqasi asosida beshta syuita, simfonik orkestr uchun «Privetstvennaya uvertyura» uchta uvertyura kabi asarlar kompozitor ijodida muhim o‘rin egallaydi.
           Son jihatdan kamer asarlari kam yozilgan bo‘lsada, lekin ularning ahamiyati sezilarlidir. Shu jumladan: to‘rt qo‘l uchun 5 ta fortepiano pesasi, damli cholg‘ular ansambliga 6 ta pesa, kamonli cholg‘ular uchun pesa va uchta kvartet, skripka, violonchel va fortepiano uchun trio, fortepiano kvinteti, skripka, violonchel va orkestr uchun sonata, violonchel va fortepiano, goboy va fortepiano uchun sonatina, maktab o‘quvchilari uchun torli cholg‘ular kvarteti uchun 5 pesa, truba va fortepiano uchun 4 pesa, A.Pushkin va S.Shchipachev she’rlariga romanslar shular jumlasidandir.
        Xorazm xalq kuylari asosida torli cholg‘ular uchun kvartet, fortepiano uchun qayta ishlangan 6 ta o‘zbek xalq kuyi, M.Ashrafiy xotirasiga bag‘ishlangan simfonik poema, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun simfoniya. Xorazmcha 3 qismli simfonietta va «Fantaziya», «Hamza xotirasi» simfonik poemasi mashhur.