Talabalar diqqatiga! “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eting! 

Talabalar diqqatiga! “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eting! 

“Rektor stipendiyasi“ sohibi bo’lish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarni bajarishlari shart: 
• “aʼlo” va “yaxshi” baholarga oʻqishi; 
• Xalqaro va respublika tanlov (konferensiya)larida qatnashishi; 
• nashrdan chiqqan kamida ikkita ilmiy ishlarning mavjudligi; 
• Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida talabalar orasida oʻtkazilgan turli xil tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etishi; 
• konservatoriya hayotida faol ishtirok etish; 
• tillarni – davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni bilishi (Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari davlat tillaridan tashqari). 
Nomzodlar ishini koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi: 
• reyting daftarchasidan koʻchirma; 
• Xalqaro va respublika tanlov (konferensiya)larining diplomlari (sertifikatlari) nusxalari; 
• konsertlarning afishalari va videoyozuvlari; 
• dekanat, kafedra tavsiyanomalari; 
• ilmiy-ijodiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari (musiqashunoslar uchun). 
Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning toʻplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakultet, kurs va yoʻnalishi koʻrsatiladi.  

Hujjatlar 2024-yil 1-iyul gacha Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish ishlari boʻlimiga taqdim etiladi va Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.  
Qoʻshimcha maʼlumotlar boʻyicha @isroilova_sarvinoz telegram-messendjeriga murojaat qilishingiz mumkin.

Share