“Ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati”

“Ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati”

    O‘zDK “Musiqiy pedagogika” kafedrasi professor – o‘qituvchilari hamda O‘zDJTU  professor – o‘qituvchilari tomonidan “Ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati” mavzusida hamkorlikda MAHORAT DARSI o‘tkazildi.

O‘zDK “Musiqiy pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, Turon FA akademigi, professori, Turon FA huzuridagi Psixologiya va pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Afinaning Aristotel nomidagi Falsafa akademiyasining jahon falsafa forumi Prezidiumining qaroriga asosan psixologiya fanlari doktori G.A. Kurbonova o‘tirganlarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirib, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan Ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining maqsad mohiyatini tushuntirib, so‘zni OʻzDJTU professor-o‘qituvchilariga berdi.

Mahorat darsida ma’ruzachilar mamlakatimiz tarixida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab borayotganligini hayotiy misollar orqali talabalarga tushuntirib berdilar. Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanayotganligi, bu borada O‘zbekiston – 2030 strategiyasining ahamiyati, “Yoshlar – kelajagimiz”,“Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar yoshlarni yangicha fikrlashga undayotganligi, shuningdek, yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarining kengayib borayotganligi va yaratilayotgan sharoitlar misollar hamda raqamlar bilan qiyosiy tahlil etib berildi.

Mahorat darsi davomida talabalarni iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish borasida qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbirda O‘zDK professor-o‘qituvchilari psixologiya fanlari doktori, Turon FA akademigi, professori G.A.Kurbonova, dotsent, pedagogika fanlari nomzodi M.M.Axmedov, OʻzDJTU professor-o‘qituvchilari tarix fanlari doktori, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professori Nilufar Djurayeva, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Aripova, tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Babadjanova PhD, dotsent N.Toliboyeva, katta o‘qituvchi M.Bazarova, O‘zDK magistratura talabalari hamda sirtqi 5-kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

Share