Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga tantanali ravishda guvohnoma va ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga tantanali ravishda guvohnoma va ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Y.Xusnitdinova, Yoshlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul boʻlgan rektor maslahatchisi Z.Ismatullayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi A.Raxmanov, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi profilaktika katta inspektori D.Davronov, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi S.Isroilova so’zga chiqib “Qalqon” jamoatchilik gruhi faoliyati mohiyati haqida soʻz yurutdilar.

📌Tadbir soʻngida “Qalqon” jamoatchilik gruhi a’zolariga guvohnomalar taqdim etildi.

🏛️Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi matbuot xizmati.

 

Share