2023-yil 27-oktabr kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi

2023-yil 27-oktabr kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Yakkaxon sifatida zamonamizning eng yaxshi pianinochilaridan biri, fransiyalik Fransua Shaplen chiqish qiladi.

Fransua Shaplen nomdor orkestrlar bilan yakkaxonlik qiladi, musiqa festivallarida qatnashadi. Jumladan, ular sirasida Lya Rok D’Anteronni aytib o‘tish mumkin. U o‘tgan yili Shopenning 19 ta valsidan tuzilgan musiqiy albomini taqdim etdi va mazkur albom Shuman, Shopen, Brams, Skryabin, Debyussi, Pulenka kabilarning asarlaridan tuzilgan F.Shaplenning boshqa musiqiy albomlari singari tanqidchilarning juda ko‘plab ijobiy baholarini oldi. Uning Klod Debyussining fortepiano asarlarining to‘liq to‘plami joylangan yozuvi kompozitor diskografiyasi tarixidagi eng saralaridan biri hisoblanadi.

Chiptalarni quyidagi havola orqali xarid qilish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/concerts/vecher-francuzskoj-muzyki/28199

Share