O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Turdimuratovich Urinbayev 4-bosqich talabalari bilan uchrashdi
6-may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Turdimuratovich Urinbayev 4-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Unda talabalik hayotiga oid masalalar, ta’limni davom ettirish istiqbollari hamda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.