“O‘zbekiston kompozitorlari asarlari festivali” bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston kompozitorlari asarlari festivali” bo‘lib o‘tdi

    2024-yil 20 may kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqiy pedagogika” fakulteti “Fakultetlararo fortepiano” kafedrasi tashbbusi bilan “O‘zbekiston kompozitorlari asarlari festivali” bo‘lib o‘tdi.

❇️Festival doirasida o‘zbek kompozitorlaridan X.Rahimov, A.Mansurov, M.Atajanov, D.Amanullaeva, O.Abdullaeva, D.Xaitboyev, R.Glier, B.Gienko, M.Muxtorov, D.Zokirova, E.Salixov, M. .Bafoev, S.Jalil, A.Nabiev asarlari ijro etildi.

✅Xolxujaeva Sevara (dotsent Xaitbayeva D.S.) – “O‘zbekiston kompozitorlari asarlarining eng yaxshi ijro etgani uchun” diplomi;
Sultonova Marjona (dotsent Xaitboyeva M.T. sinfi) – “Tomoshabinlar mukofoti”;
Abdujabborova Durdona (dotsent M.Aminova sinfii) – “Fakultetlararo fortepiano kafedrasi mudirining maxsus mukofoti”,
Exson Ramxudoyev (katta o‘qituvchi A.N.Mirzaeva sinfi) – Musiqa pedagogikasi fakulteti dekani maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

📌Festival yakunida barcha ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻlari bilan taqdirlandilar.

Share