Abituriyentlar diqqatiga!

Abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga «Bilim va malakalarni baholash agentligi» rasmiy qaydnomalari asosida 2024-2025 o‘quv yiliga davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi hujjatlarni registratsion ofisdagi ishchi guruhlarga 2024- yilning 04- sentabridan 07 – sentabriga qadar(shu kuni ham) shaxsan taqdim etishlari so‘raladi:

1. Rektor nomiga ariza (konservatoriyada yoziladi)
2. Pasport (yoki ID karta)dan va doimiy yashash joyi ma’lumotnomasi 6 nusxa (asl nusxasi ham ko‘rsatiladi);
3. Abituriyent ruxsatnomasi(qog‘ozga chiqarilgan);
4. Abituriyent javoblar varaqasi(qog‘ozga chiqarilgan);
5. Xorijiy til bilish sertifikati asl nusxasi (agar bo‘lsa)
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(11-sinf negizida) attestatining yoki litsey/kollej diplomining asl nusxasi (ilovasi bilan);
7. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 8 dona rangli fotosurat (oq fonda);
8. Imtiyoz asosida kirgan bo‘lsa, imtiyoz haqidagi hujjatning asl nusxasi (harbiy qism tavsiyanomasi, xotin-qizlar tavsiyanomasi, nogironlik tibbiy ma’lumotnomasi, chin yetimlik ma’lumotnomasi, boquvchisini yo‘qotganlik ma’lumotnomasi)
9. A5 o‘lchamidagi konvert
10 Bo‘g‘ichli (Ipli papka)

Share