Talabalar diqqatiga! Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Аlisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari mezonlariga toʼgʼri keladigan talabgorlarning tegishli hujjatlarini qabul qilayotganini eʼlon qiladi!

Nomzodlar quyidagi mezonlarni bajarishi shart:
-aʼlo oʼqish va ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok etish;
-Xalqaro va Respublika miqyosida chop etilgan Ilmiy maqolalar va konferentsiya tezislari ilmiy ishlari mavjudligi;
-yoʼnalishlar boʼyicha Xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish;
-umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʼunlashtirish;
-kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
-tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari);
-Oʼzbekiston tarixini bilish.

Nomzodlar ishini koʼrib chiqish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
-sinov daftarchasidan koʼchirma;
Xalqaro va respublika tanlov (konferentsiya)larining diplomlari (sertifikatlari) nusxalari;
-kontsertlarning afishalari va videoyozuvlari;
dekanat, kafedra tavsiyanomalari;
-ilmiy-ijodiy ishlar roʼyxati va ularning bosma nusxalari (musiqashunoslar uchun).
Barcha hujjatlar qogʼoz va elektron variantda 2024 yil 5 iyulgacha qabul qilinadi va Maxsus komissiya tomonidan koʼrib chiqiladi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar boʼyicha @isroilova_sarvinoz telegram-messendjeriga murojaat qilishingiz mumkin.

Share