Ilmiy – amaliy seminar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-yanvardagi “Ilm-fanni raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilmiy etikani shakllantirish va sifatini oshirish to‘g‘risida”gi 21-son buyrug‘i ijrosi, qolaversa konservatoriya ilmiy jamoasi orasida ILMIY faoliyatini yangicha bosqichga olib chiqish, texnik va ilmiy-nazariy masalalarni aniq misollar orqali o‘z yechimini taqdimotlar orqali mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida joriy yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 455-auditoriyada onlayn va oflayn tarzda barcha kafedra mudirlari, kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar hamda doktorantlar uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Unda bir qancha masalalar, jumladan ilmiy-uslubiy jurnallarga ilmiy maqolalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, maqolalarga iqtiboslik darajasini ko‘tarish, ilmiy maqolalarda antiplagiatga yo‘l qo‘ymaslik, davlat ilmiy-texnik loyihalar bo‘yicha kafedralarda grant fayllarini to‘ldirish bo‘yicha nafaqat ma’ruzali, balki ko‘rgazma materiallar, onlayn internet tarmog‘iga ulangan holda taqdimotlar mazmunini ochib berish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Ma’ruzalar yakunida professor-o’qituvchilar hamda doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Tavsiya etilgan
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va ijod maktab hamkorligi…
Sentabr 30, 2024