«Global kontekstda Yevroosiyo mamlakatlari musiqasi» xalqaro tanlovining yakuniy ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

«Global kontekstda Yevroosiyo mamlakatlari musiqasi» xalqaro tanlovining yakuniy ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

   Joriy yil 27-noyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Konferens zalida yosh musiqashunoslarning BIRINCHI «Global kontekstda Yevroosiyo mamlakatlari musiqasi» xalqaro tanlovining yakuniy ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

   Tanlov xalqaro ilmiy aloqalarni xzrus tilidagi ilmiy an’analar keng tarqalgan mamlakatlarda musiqiy ta’lim tizimini saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

   Tanlovda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining talabalari, aspirantlari, stajyor-assistentlari, yosh (tanlov o‘tkaziladigan vaqtda 35 yoshgacha bo’lgan) o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Har bir guruhda: 1) talabalar, 2) aspirantlar, 3) stajyor assistentlari, 4) o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar – tanlov alohida o‘tkazildi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi: a) musiqa san’ati (musiqashunoslik); b) san’at nazariyasi va tarixi.

   Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus va Ozarbayjondan jami 40 ta maqola kelib tushgan bo‘lib, ikkinchi bosqichga 27 ta maqola qabul qilingan, 13 nafar talabgor tanlovning final bosqichiga yo‘l oldi va yakuniy bosqichda munosib ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

   Eng quvonarlisi, yosh o‘qituvchilar orasidagi bosqichda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ISLYAMOVA DILYARA RIZAYEVNA birinchi o‘rin hamda doktorant-aspirantlar bosqichida konservatoriya tayanch doktoranti XAMZINA ZARINA BAXTIYOROVNA birinchi o‘rinlarni egallashdi.

     Undan tashqari mazkur tanlov-konserensiyada barcha ishtirokchilar munosib o‘rinlarni egallashdi.

     G‘OLIBLARNI MUBORAKBOD ETAMIZ!!!

Fotograf Ergash aka Karimov

Share