YOZEF GAYDN

Гайдн, Йозеф — Википедия

YOZEF GAYDN

(1732-1809)

Frans Yozef Gaydn avstriyalik kompozitor. U 1732-yil 31-martda (1732-yil 1-aprelda) Rorau qishlog‘ida (Quyi Avstriya) tug‘ilgan. Olti yoshidan Xaynburg maktabida ta’lim olib, turli musiqa asboblarda chalishni va qо‘ylashni о‘rganadi. Betakror ovoz sohibi bо‘lgan Y.Gaydn 1740-yili Venadagi Avliyo Stefan cherkovida xormeyster sifatida faoliyat olib borib 1749-yilga qadar cherkov xorida kuylagan. Qashshoqlik va muhtojlikda yashagan Y.Gaydn faqat musiqa orqali quvonch topadi. Bо‘lajak kompozitor Avstriya poytaxtida talyan shoiri kompozitor va о‘qituvchi N.Porpora bilanyaqindan  tanishtiradi.

1753-yildan 1756-yilga qadar Y.Gaydn N.Porporada jо‘rnavoz bо‘lib ishlaydi va shu bilan birga kompozitsiya saboqlarini о‘rganadi. 1759-yilda u Chexiya grafi Morsindan cherkov dirijyori lavozimini qabul qiladi. Shu vaqtda kompozitorning birinchi simfoniyasi yaratildi va unga katta muvaffaqiyat olib keldi. Y.Gaydn knyaz Esterxazi e’tiborini qozongani bois u kompozitorga о‘z saroyi orkestrida dirijyor lavozimini taklif qiladi. Y.Gaydn 1761-yilda bu taklifni qabul qiladi va 30 yil davomida uning xizmatida  bо‘ladi. 1790-yili Esterxazining о‘limidan sо‘ng, Y.Gaydn lavozimidan ketadi. Ammo uni kompozitor sifatida nomi allaqachon dunega tanilgan. Kompozitorga uning simfoniyalari katta shuxrat olib keldi. Hammasi bо‘lib muaalif qalamiga 119 ta simfoniya, shular jumlasidan №45-«Xayrlashuv» (1772), oltita Parij simfoniyasi (1785-1786), №92-“Oksford” (1789), о‘n ikkita London simfoniyasini (1791-1795) о‘rin olgan.

1791-1792 va 1794-1795 yillarda Y.Gaydn Londonga sayohat qiladi. Kompozitorning simfonik bisotidan tashqari uning qalamiga 22 ta opera, 19 ta messa, 83 ta torli kvartet, 44 ta fortepiano sonatasi va boshqa kо‘plab asarlar tegishli.

Cholg‘u musiqasi sohasida Y.Gaydn XVIII-XIX asr boshining eng buyuk kompozitorlardan biri hisoblanadi. Uning qо‘l ostida buyuk kompozitor L. van Betxoven saboq olgan (1792). Umrining sо‘nggi yillarini Y.Gaydn Vena shahrida о‘tkazdi. Bu yerda u «Dunyoning yaratilishi» (1798) va «Yil Fasllari» (1801) kabi taniqli oratoriyalarini yaratadi.

Y.Gaydnning iqtidoriо‘z vaqtida zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. 1791 yilda u Oksford universitetining faxriy doktori, 1798 yilda esa Shvetsiya Qiroli musiqa akademiyasining a’zosi bо‘lgan.

1804-yilda kompozitor Vena shahrining faxriy fuqarosi, 1808 yilda esa Sankt-Peterburg filarmoniyasining faxriy a’zosi etib saylanadi. Kompozitor 1809 yil 31 mayda Vena shahrida vafot etai.