USMON NOSIR

Усмон Носир (1912-1944) - www.ziyouz.uz

USMON NOSIR

(1913-1944)

O‘zbek shoiri, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir XX asrning 30 yillaridayoq o‘z dunyoqarashi orqali o‘zbek she’riyatiga yangicha oqim olib kirib, o‘zbek she’riyatiga o‘z hissasini qo‘shgan shoir sifatida tanilgan.

Usmon Nosir 1913-yilga Namanganda tavallud topgan. Boshlang‘ich ta’limni Qo‘qondagi boshlang‘ich maktabda olib, yangi uslubdagi internetda davom ettirgan.  Moskvadagi Kinematografiya institutida (1929-30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakul’tetida ma’lum  muddat taxsil olgan (1933-34). Adabiyotga qo‘ygan ilk qadamlari 1929- yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

1932-yili uning ilk she’riy to‘plami “Quyosh bilan suhbat”, 1935-yilda “Yurak”, 1936-yilda esa “Mehrim” kitoblari omma e’tiboriga namoyon etilib, she’riyat ixlosmandlarini hayajonga keltirgan. Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan, she’rlari va dostonlarini yod olishgan. Usmon Nosir tomonidan A.S.Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani” va M.Yu.Lermontovning “Demon” (“Iblis”) romanlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Usmon Nosir o‘zining dramaturgik asarlari bilan ham keng jamoatni hayratda qoldirgan. U “Nazirjon Halilov”, “Zafar”, “G‘alaba”, “Dushman” hamda “Atlas” kabi sahna asarlari muallifidir. Mazkur asarlar o‘zbek dramaturgiyasida o‘zgacha hodisa bo‘lib, o‘z davrining eng dolzarb mavzularini aks ettirgan.

1937-yilning 27-yanvar kuni respublika jamoatchiligi yosh shoirning 10 yillik ijodini keng nishonlagan, oradan yarim yil o‘tgach esa, Yozuvchilar uyushmasida majlis uyushtirilib, “shoirning hulq-atvori”ni ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarilgan. Majlisdan ikki kun o‘tgach, Usmon Nosir shoirlar safidan chetlatiladi va 1937-yilning 13-iyulida hibsga olinib “xalq dushmani” tamg‘asi bilan surgun qilinadi. Dastlab Magadan, so‘ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilib 1944-yil 9-martda o‘sha yerda vafot etadi.