Universitet Yoshlar ittifoqi

            O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Yoshlar yetakchisi va uning jamoasi saylandi! Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari hisobot-saylov yigʻilishlari oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 26-sentabr kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasida ham Ittifoqning boshlangʻich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Ittifoqning O’zbekiston davlat konservatoriyasidagi boshlangʻich tashkiloti Yoshlar yetakchisi, yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi etib Isroilova Sarvinoz Nodirbek qizi saylandi. Ittifoqning konservatoriyadagi boshlangʻich tashkiloti yangi jamoasini yuksak mas’uliyat va ishonch bilan qutlagan holda, ularning kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.