Universitet Kengashi

UMUMIY QOIDALAR

  • Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, Madaniyat vazirligi xamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy o‘quv yurtining Kengashi to‘g‘risida”gi 2011 yil 3 dekabrdagi 487-sonli buyrugi asosida tasdiklangan nizom asosida shakllantirilib, O‘zbekiston  davlat konservatoriyasining 2023 yil “30” noyabrdagi 4-sonli Kengashi yigilishi qaror i asosida ma’kullangan.
  • Ushbu Nizom O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashi faoliyatini (ishni rejalashtirish, muxokama masalalarini tayyorlash, yig‘ilish o‘tkazish va qaror qabul qilish, qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat, ish yuritish va shu kabilarni) tartibini belgilaydi.
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashi (bundan keyin – Kengash) O‘zbekiston  davlat konservatoriyasining doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi xisoblanadi.
  • Kengash va ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi.
  • Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va a’zolarning fikrlarini uygunligi, jamoa fikrini xisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.
  • Ushbu Nizomga o‘zgartish va qo’shimchalar Kengash qarori bilan kiritilishi mumkin.

 

 KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI

  • Kengash O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga oid quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi. Jumladan:
  • ta’lim tizimining barcha soxalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali bo‘lishini yo‘lga ko‘yish;
  • shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-ahloqiy extiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan extiyojini qondirish;
  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish faoliyatini muvofiklashtirish;
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasida normativ-xukukiy xujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va Madaniyat vazirligi xamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishini taxlil qilib borish;
  • ijro intizomini mustaxkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini muxokama kilib borish;
  • pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish buyicha rejalarni tasdiklaydi, bajarilishi buyicha xisobotlarni eshitish;
  • ma’naviy-ma’rifiy, ukuv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadkikot ishlariga oid tegishli normativ-xukukiy xujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bulgan chora-tadbirlarni ishlab chikish va amalga oshirish;
  • rektor, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufidagi muassasalar raxbarlari, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bulim boshliklarining O‘zbekiston  davlat konservatoriyasi zimmasiga yuklatilgan  vazifalarni   amalga oshirish yuzasidan xisobotlarini eshitish;
  • prorektorlar, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi fakultetlari, kafedra va bulimlar faoliyat tartibi va vakolatlarini kurib chikish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 25 avgustdagi 246-sonli Qarori va «Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga kabul kilish tartibi tugrisida»gi Nizomga muvofik vakant lavozimlarga tanlovlarda nomzodlarni kurib chikish xamda pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofikligi tugrisida qaror kabul kilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish;
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-ukituvchilari, tadkikotchilari tomonidan tayyorlangan ukuv adabiyotlarini muxokama kilish, muvofiklashtiruvchi kengashga, monografiyalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalarni xal etadi.
  • Kengash O‘zbekiston davlat konservatoriyasi vakolatiga taalluqli, uning xayoti bilan bog‘lik bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshka masalalarni ko‘rishga xaq

        Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan universitet Kengashining tarkibida 27 nafar a’zo.

KENGASh A’ZOLARINING F.I.Sh. LAVOZIMI
1.                    Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Kengash raisi
2.                    Babayeva Dilnoza Xabibullayevna Kengash kotibi
3.                    Mansurov Avaz Maksudovich

Rektorning bosh maslahatchisi,

O‘zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, a’zo

4.                    Allanbayev Rudakiy Orinbayevich O‘zDKning Nukus filiali direktori, a’zo
5.                    Saipova Dildora Yuldashevna O‘zDK huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori, a’zo
6.                  Xusnutdinova Yulduz Madatovna Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, a’zo
7.                    Abdullayev Farxod Rustambekovich O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, a’zo
8.                    Gafurova Sayyora Akmalovna ­ Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha  prorektor, a’zo
9.                    Namozov Najmiddin Nuriddinovich Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, a’zo
10.                To‘rajonov Murodjon Dilmurod o‘g‘li O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, a’zo
11.                Mirpayazov Boxodir Alimovich Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi mudiri, a’zo
12.                Xamdamova Sayyora Xusаnovna Xotin-qizlar Kengashi raisi, ayollar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
13.                Kazaqbayeva Maxfuza Sultanovna Musiqa san’ati fakulteti dekani, a’zo
14.                Axmedov Alisher Nosirovich Cholg‘u ijrochiligi fakulteti dekani, a’zo
15.                Turapov Zulxorbek  Zaynobiddinovich Musiqiy pedagogika fakulteti dekani, a’zo
16.             Norbekov Anvar Shomurodovich

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i,  

OAKga yuboriladigan hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha ekspert, a’zo

17.                Razzoqova Muyassar Kadirovna “Akademik xonandalik va  opera tayyorlovi” kafedrasi mudiri, a’zo
18.                Kasimxodjayeva Saida Botirovna “Musiqa tarixi va tanqidi” kafedrasi mudiri, a’zo
19.                Ergasheva Chinora Ergash qizi “O‘zbek musiqasi tarixi” kafedrasi mudiri, a’zo
20.                Fayziyeva Madina Muxsinovna “Maxsus fortepiano” kafedrasi mudiri, a’zo
21.                Abdullayeva Oydin  Utamuradovna “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi professori, a’zo
22.                Abdugapparov Abdupattax Abdurazzoqovich “Musiqiy pedagogika” kafedrasi mudiri, a’zo
23.                Kadirova Sevara Pulatovna “Akademik xor dirijorligi” kafedrasi mudiri, a’zo
24.                Mirtolipova Iroda Mirtaxirovna “Musiqa nazariyasi” kafedra mudiri , a’zo
25.                Qurbonov Baxrom To‘xtayevich “Torli cholg‘ular” kafedrasi mudiri, a’zo
26.                Radjabov Javlon Xasanovich “Puflama va zarbli cholg‘ular” kafedrasi mudiri, a’zo
27.                Abrarov Gayrat Shavkatovich “Orkestr dirijorligi” kafedra mudiri, a’zo