Oʻzbek musiqasi tarixi kafedrasi

 

Ergasheva Chinora Ergash qizi

Ilmiy darajasi va unvoni: San’atshunoslik fanlari boʻyicha f.d.(PhD) 

Lavozimi: Kafedra mudiri

Qabul kunlari: Har kuni 14.00-16.00

Telefon raqami: +998946434701

   

 

“Oʻzbek musiqasi tarixi” kafedrasi 1972-yilda musiqashunos olim, san’ashunoslik fanlari doktori, professor F.M.Karomatov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Toshkent davlat konservatoriyasi Ilmiy kengashining 1972 yil aprel oyidagi qaroriga asosan Sobiq Ittifoq davlatlari orasida birinchi marta tashkil etilgan mazkur kafedra dastlab “Sharq musiqasi kafedrasi” nomi bilan faoliyat yuritgan.

   Kafedra oldiga qoʻyilgan bosh maqsad – oʻzbek mumtoz musiqa ijrochiligini (oʻzbek musiqasining ustuvor asosi – Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, katta ashula va b.) – ogʻzaki an’anadagi ustozona musiqa ijrochiligini amaliy jihatdan oʻrganish va oʻrgatish boʻlsa, ikkinchidan, oʻzbek maqomiga bevosita aloqador boʻlgan Sharq xalqlari musiqasini, Sharq musiqashunosligini mustaqil fan darajasiga koʻtargan ota-bobolarimizning arab, fors va turkiy tillarda yaratgan asarlarini musiqashunoslik nuqtai nazaridan ilmiy sharhlay oladigan mutaxassislar tayyorlashdir.

   Kafedraning ilk bitiruvchilari orasida nafaqat yurtimizda, balki Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalaridan kelib, oʻqishni tamomlab, ilmiy-ijodiy faoliyatlarini davom ettirgan holda kelajakda etuk mutaxassis sifatida tanilganlari ham bor. San’atshunoslik fanlari doktorlari, professorlar – A.Nizomov va F.Aziziy (Tojikiston), san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Nazarov, san’atshunoslik fanlari nomzodlari, A.Jumaev, O.Malkeevalar shular jumlasidandir.

   Oxirgi oʻn yil davomida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻndan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanma va uslubiy qoʻllanmalar yaratishga erishildi. Jumladan: R.Yunusov “Kompozitor Mirsodiq Tojiev” monografiyasi (2018),  “Oʻzbek maqomlari” risolasining oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nashri (2018) va “Solfedjio” darsligi; R.Abdullaev   “Osnovi tradisionnoy uzbekskoy muziki” monografiyasi (2022), “An’anaviy oʻzbek musiqasi asoslari” darsligi (2022); S.Begmatov “Orif Alimahsumov” monografiyasi (2017); Z.Oripov “X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi” monografiyasi (2017); Sh.Ayxodjaeva “Oʻzbek musiqasi tarixi (Qadim zamonlardan XX asrga qadar)” darslik (Ch.Ergasheva, A.Zokirov hammuallifligida) (2021),  “Xalq musiqa ijodiyoti” darslik (2023), Ch.Ergasheva “Istoriya uzbekskoy muziki” (2021), “Oʻzbek mumtoz musiqasida nazira an’analari” (2022); X.Qurbonov  “Xonandalik san’ati tarixi” oʻquv qoʻllanmasining “Epik honandalik” qismi; S.Djurabekova “Kompozitor Muxammad Otajonov” monografiyasi (2021) va kafedra tomonidan oʻtkazilgan “Oʻzbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalar toʻplami (2020) nashr etildi.

   Shuningdek, oxirgi yillarda kafedra tomonidan bir necha falsafa doktorlari ilmiy ishlarini himoya qildilar: Ch.Ergasheva (2018), G.Ergasheva (2019), B.Ashurov (2020), L.Djuraeva (2021), R.Boltaev (2021), B.Matyoqubov (2021), M.Naimov (2023), N.Hamdamova (2024).

   Bugungi kunga qadar ushbu kafedrani F.M.Karomatov, R.Yu.Yunusov, Z.T.Oripov, S.M.Begmatov, I.A.Gʻanieva, A.Zokirovlar boshqarib keldi. Hozirda “Oʻzbek musiqasi tarixi” kafedrasiga dosent, san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  Ch.E.Ergasheva mudirlik qilmoqda. Bundan tashqari, kafedrada san’atshunoslik fanlari doktori, professor R.Abdullaev, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor v.b. I.Gʻanieva,  san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor v.b. O.Matyoqubov,  san’atshunoslik fanlari nomzodi, dosent Sh.Oyxoʻjaeva,  san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dosent Ch.E.Ergasheva,  san’atshunoslik  fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) L.Joʻraeva, katta oʻqituvchilar X.Qurbonov, M.A’zamova,  N.Karimova, S.Joʻrabekova, oʻqituvchi N.Ahmedovalar talaba-yoshlarga oʻz kasblarining sir-asrorlarini oʻrgatmoqdalar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yoʻnalishi

  • 60211000 – San’atshunoslik: musiqashunoslik.

Kafedra magistratura mutaxassiligi

  • 70211002 – Musiqa san’ati

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar

Bakalavr yoʻnalishi uchun

  1. Oʻzbek musiqa tarixi
  2. An’anaviy oʻzbek musiqasi asoslari
  3. San’atshunoslikka kirish
  4. Sharq xalqlari musiqa tarixi
  5. Xalq musiqa ijodiyoti
  6. Fors tili.
  7. Notalashtirish.
  8. Etnomusiqashunoslik asoslari
  9. Maqom solfedjiosi
  10. Folklor amaliyoti.
  11. San’ashunoslik (musiqashunoslik)
  12. Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi
  13. Manbashunoslik
  14. Monodiya asoslari
  15. Musiqiy-nazariy tizimlar

Magistratura mutaxassisligi uchun

  1. XXI asr Oʻzbekiston musiqa madaniyati
  2. Musiqa san’ati.
  3. Maqomot va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti



                                                                                                       Kafedra professor-oʻqituvchilari

Abdullaev Rustam Samigovich

San’atshunoslik fanlari doktori

Professor

 

 

Otanazar Matyoqubov 

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Professor

 

Ganieva Iroda Atabaevna

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Dosent 

 

Ayxodjaeva Shahnoza Imamxodjaevna

San’atshunoslik fanlari nomzodi

Dosent

 

Djuraeva Laylo Shuhratovna

San’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

 

A’zamova Munojat Rahimovna

Katta oʻqituvchi

 

Kurbanov Kalmurza Turganbaevich

Katta oʻqituvchi

 

Karimova Nazokat Abduvarisovna

Katta oʻqituvchi

 

Djurabekova Saodat Zarifbekovna

Katta oʻqituvchi

 

Ahmedova Nilufar Adxamovna

Oʻqituvchi

 

Kafedraning sobiq professor-oʻqituvchilari

  1. Fayzulla Karomatli – san’atshunoslik fanlari doktori, professor
  2. Ishoq Rajabov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor
  3. Ahmadjon Jabborov – professor.
  4. Aripov Zokir Toxirovich – filologiya fanlari doktori, professor
  5. Abdulaziz Hoshimov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor
  6. Aleksandr Jumaev – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor
  7. Abdumannon Nazarov – san’atshunoslik fanlari doktori, professor
  8. Yunusov Ravshan Yusupovich – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
  9. Begmatov Soyibjon Mahmudovich – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi
  • Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi
  • San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti
  • Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi
  • Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti

 

Kafedra professor-oʻqituvchilarining nashrlari. Ilmiy maqolalar roʻyxati

2023

  1. Ergasheva.“Savti Ushshoq” turkumida ijodiy nazira tamoyili. “Musiqa” jurnali. 1-son. 2023 yil.
  2. Chinora Ergasheva Phd, Associate Professor, Head Of Department Of “Uzbek Music History And Theory”, State Conservatory Of Uzbekistan. // “NAZIRA” TRADITIONS IN UZBEK MUSIC. // Submission Date: February 01, 2023 Accepted Date: February 05, 2023, Published Date: February 10, 2023. Crossref doi: https: //doi.org/10.37547/ajsshr/Volume 03 Issue 02-01 American Journal Of Social Sciences And Humanity Research (ISSN – 2771-2141).
  3. Ganiyeva. “Musiqiy sharqshunoslik” kafedrasining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali ilmiy-amaliy konferensiyalaridagi o‘rni va ahamiyati” Ilmiy maqola. // “Mumtoz musiqaning sharqona an’analari: ilm-fan va ta’lim”. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya. “Sharq musiqasi” kafedrasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlanadi. 2023.
  4. A’zamova. Kompozitor Muxtor Ashrafiyning 110 yilligiga bag‘ishlangan “Muxtor Ashrafiy — kompozitor, dirijyor, pedagog” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada “Muxtor Ashrafiy va hind musiqasi”.
  5. A’zamova. “Sharq musiqasi” kafedrasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro konferentsiyada “Kafedradan oliy dargohgacha” (Musiqiy sharqshunoslik, O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi kafedrasi faoliyati (2013-2022) nomli maqola bilan qatnashdim.
  6. Karimova. “Sohibi Noxun…” nomli maqola berildi (Maqom jurnali).
  7. Karimova. Yu.Rajabiy nomidagi O‘zMMSIda “SHarq musiqasi” kafedrasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro konferentsiyada “Ilmi musiqiy bilimdoni” nomli maqola bilan qatnashdim.
  8. Karimova. “Muqimiy va zamondosh san’at ustalari” nomli maqola taqdim qilindi (Musiqa jurnali).
  9. Karimova. “Musiqa san’ati ustalari Muqimiy ijodi kesimida” – nomli maqola taqdim qilindi (Musiqa jurnali)
  10. Djurabekova S. Sharq va G‘arb musiqiy madaniyatlarini tutashtirgan mutafakkirlar (Arg‘anun cholg‘usi misolida). “Teatr” jurnali. 2023 №3 (nashrda).
  11. Djurabekova S. “Organ musiqasida o‘zbek mumtoz janr va shakllar” (kompozitor Habibullo Raximov ijodi misolida). “Teatr” jurnali. 2023 №4 (nashrda).
  12. Djurabekova S. “Mustaqillik yillarida o‘zbek organ musiqasining xalqaro miqyosdagi o‘rni”. “Musiqa” jurnali. (nashrda).
  13. Djurabekova S. “O‘zbekiston organ ijrochilik san’ati tarixidan” // “Damli cholg‘ular ijrochiligi masalalari” (Damli cholg‘ular ijrochiligi tarixi, uzluksiz ta’limdagi muammolar, o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash) nomli Xalqaro ilmiy amaliy konferentsiya to‘plamida nashr qilindi.
  14. Ahmedova. Musiqashunos olim Rustam Abdullaev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Musiqiy ijodiyot va meros – ko‘p qirrali madaniyat kesimida” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasiga bag‘ishlab “Rustam Abdullaev serqirra ustoz” nomli maqola tayyorlandi.
  15. 2002/20023-o‘quv yili talabalar folklor ekspeditsiyasi natijalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyasi maqolalar to‘plami tuzuvchi va mas’ul muharrir sifatida nashrga tayyorlandi.

 

2022

  1. Abdullaev R. O‘zbek milliy musiqa san’ati va Yunus Rajabiy (badiiy madaniyatda Rajabiylar sulolasi o‘rni). // Yilnoma. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya. “Akademik Yunus Rajabiy merosi va zamonaviylik”. Toshkent, 2022. 8-16 bet.
  2. Abdullaev R. Yuksak sharafga loyiq san’atkor. // Berta Davidova (tavalludining 100 yilligiga monografik ocherklar). Toshkent, 2022. 23-34 bet.
  3. Abdullaev R. Xraniteli traditsii SHashmakoma. Berta Davi // Berta Davidova (tavalludining 100 yilligiga monografik ocherklar). Toshkent, 2022. 34-36 bet.
  4. Abdullaev R. Pevets shirokogo tvorcheskogo darovaniya. Djurabek Muradov. // Cho‘rabek Murodov va masoili ichrochii musiqiy an’ana va meros barni echodiyu churoi. Dushanbe, 2022. 260-276 bet.
  5. Abdullaev R. Saroyandai iste’dodi vasei echodi. “Samak”- tarixiy-tadqiqot jurnali. Dushanbe. 2022, 6 yanvar.
  6. Shakhnoza Ayxodjaeva. Composer Activity of Academician Yunus Rajabiy (Dedicated to Scholar’s 125 th Birthday). // International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 297-301
  7. Djurabekova S. “O‘zbek ohanglarining polifonik shakllardagi talqini” (To‘lqin Qurbonovning organ uchun miniatyuralari misolida). //“Zamonaviy san’at muammolari va istiqboli masalalari yosh olimlar nigohida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. T., 2022.
  8. Djurabekova S. “O‘zbekiston musiqiy madaniyati sathida organ cholg‘usining tutgan o‘rni va ahamiyati” //“Yangi O‘zbekistonni barpo etishda san’at va madaniyatni rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. T.,2022.
  9. Djurabekova S. “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi – xalqimiz o‘zligi va g‘ururi” “R.Abdullaev ijodi kesimida). San’atshunoslik fanlari doktori “O‘zbek musiqasi tarixi” kafedrasi professori Rustambek Samigovich Abdullaev tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Musiqiy ijodiyot va meros ko‘p qirrali madaniyat kesimida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman. T., 2022.
  10. Djuraeva Laylo. Religious beliefs and work conscience of Muslim nurses in Iraq during the COVID-19 pandemic. // HTS Theological Studies. Vol 78, No 4. 08 July 2022 SJR Q1 ISSN: (Online) 2072-8050, (Print) 0259-9422 South Africa (Scopus bazasida indekslangan)
  11. Djuraeva L. Jurabek Murodov and Uzbek performing arts. // Jurabek Murodov and issues of performance of music: tradition and creative heritage ISBN 978-99985. Dushanbe. 2022. P. – 368-374.
  12. Djuraeva L. “O‘zbek musiqasi tarixi fanida “Alisher Navoiy va musiqa” mavzusining yoritilishi” // “Musiqa ta’limi va fan taraqqiyotining asosiy omillari” mavzusidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya maqolalar to‘plami. T., 2022. 119-124 b.

 

2021

  1. Ganieva I. «Eurasian music science journal» (2021, 1) uchun ingliz tilida maqola “Tanavors”.
  2. Ayxodjaeva Sh. Vzaimosvyaz muziki i slova v uzbekskom makomate (na primere tarona makomov) // Jurnal. Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. 2021. №3 (160)
  3. Karimova N. Tvorcheskoe nasledie Mukimi. Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. Jurnal – Moskva, №2 (159), 2021 god
  4. Karimova N. Muqimiy ijodiga bir nazar….“San’atshunoslik va madaniyatshunoslikning dolzarb muammolari: an’ana va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiya. 20.05.2021 yil
  5. Karimova N. Muqimiy siymosi – musiqashunos nazarida. Kollektiv monografiyaga maqola. May, 2021 yil
  6. Ashurov B. Musiqa” jurnalida “Temuriylar davri musiqa san’atiga bir nazar” maqola chop etildi. 2021-yil 1-sonida (8-11 betlar).
  7. Ashurov B. M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat San’at va madaniyat institutida “Shashmakom i aktualnie problemi razvitiya tadjikskoy muzikalnoy kulturi na sovremennom etape” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “Istoricheskie aspekti Buxarskogo Shashmakoma” maqola qabul qilindi va nashr etiladi.
  8. Djuraeva L. “Alisher Navoiy asarlarida musiqiy istilohlar” // “Alisher Navoiy va XXI asr”Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya maqolalar toʻplami. T., 2021. 413-419 betlar.
  9. Joʻraeva L. “Maqom – tarbiya quroli” // Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati. 2021 yil 5-mart. №10 son. 5-bet.
  10. Joʻraeva L. “Hazrat Navoiyning musiqaga munosabati” // “Mumtoz adabiyot va mumtoz musiqa masalalari” mavzusidagi I ilmiy-amaliy seminar-vebinar materiallari toʻplami.
  11. Joʻraeva L. “Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida kelgan musiqiy folklor janrlar va shakllar” //“San’atshunoslik va madaniyatshunoslikning dolzarb muammolari: an’ana va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiya maqolalar toʻplami.
  12. Xalqaro Scopus bazaga kiritilgan jurnalda maqola nashr ettirildi. Musical instruments used in 15 th-century central asian music and their present appearance.// International Journal of Psychosocial Rehabilitation. ISSN: 1475-7192.Ph. 2217-2227.

 

 2020

 

  1. Ergasheva. Proizvedeniya “Ushshok” v sikle Fergano-Tashkentskix makomov. // Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. 2020. №7 (152). Nauchno-metodicheskiy jurnal. Str. 95-98.
  2. Ergasheva. Ushshoqning yangi naziralari. “Musiqa”, 2020, № 2. 25-30 betlar.
  3. Ergasheva “Ushshoqning yangi naziralari”. Oʻzbek milliy san’atining tarixiy va nazariy asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
  4. Abdullaev. Yunus Rajabiy etnomusiqashunoslik nigoxida. Mesto i rol Yunusa Radjabi v etnomuzikologii. “San’at”, 2019, № 4, 41-43 bet.
  5. Abdullaev. Kompozitorskoe tvorchestvo Uzbekistana: tendensii XXI veka.// Oʻzbekiston musiqa san’atining dolzarb masalalari. Toshkent, 2020. 10-20 bet.
  6. Abdullaev. Zvukovoy mir muziki tyurkskix narodov.“Musiqa”, 2020, № 3. 6-12 bet.
  7. Abdullaev. Uzbekskiy makomat i kompozitorskoe tvorchestvo (“Xamsa” Alishera Navoi i Mustafo Bafoeva). Maqom yozuvlari: zamonaviy tahlil. //Oʻzbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari. Toshkent, 2020. 22-33 bet., 92-103 bet. (2 maqola)
  8. Abdullaev. Muzikalniy instrumetariy v srednevekovix pismennix istochnikax po muzike (k voprosu o znachimosti nauchnogo naslediya uchenix srednevekovya). //Oʻrta asr allomalar va mutafakkirlarning tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, 2020. (onlayin anjuman). Nashr etilgan.
  9. Abdullaev. Xalq musiqa ijodiyoti nomoddiy madaniy merosi sifatida. // Buxoro musiqa folklorining tarixiy-nazariy va amaliy masalalari. Buxoro, 2020. 4-7 bet.
  10. Abdullaev. Slovo o N.S.Yanov-Yanovskoy. // E.Mamadjanova, D.Xusanova. Nataliya Yanov-Yanovskaya. Grani tvorchestva. Tashkent, 2020. 59-61 str.
  11. Abdullaev. Oʻzbek maqomoti: musiqiy yozuvlar alomati. // Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jurnali uchun. Toshkent, 2020, № 2.
  12. Abdullaev. Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi (ijro san’ati – musiqa yoʻnalishi). Veb-sayt (oʻzbek, rus va ingliz til.). Yangi tahrir. Toshkent, 2020 (YuNESKO, Milliy komissiya).
  13. Abdullaev R. Xamid Alimdjan i uzbekskaya muzika. // Nasledie Xamida Alimdjana. Tashkent, 2020. 21-29 str.
  14. Abdullaev R. Mustafo Bafoevning ijodida maqomlarning oʻrni (“maqom va kompozitor” masalasiga doir). Toshkent, 2020 (nashrda). 0,5 b.t.
  15. Abdullaev R. Bulat Karakulov – odin iz osnopolojnikov teorii muzikalnoy tyurkologii (statya dlya 3 toma «Muzikalnaya simmetriya»). Almati, 2020 (v pechati). 0.3 p.l.
  16. Ganieva I. Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. Nauchno-metodicheskiy jurnal. «Uzbek national culture in prizm of “Tanavor”.03.12. 2020 yil, №01993. Ingliz tilida maqola.  
  17. A’zamova M. Vklad Zaxiriddina Muxammada Babura v razvitie muzikalnogo iskusstva. // Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. 2020. №12 (157). Nauchno-metodicheskiy jurnal.
  18. A’zamova M. “Bobur va musiqa” // “Mumtoz adabiyot va mumtoz musiqa masalalari” mavzusidagi I ilmiy-amaliy seminar-vebinar materiallari toʻplami.
  19. Azamova M. Contribution of  Zakhiriddin  Muhammad Babur in the development of musical art.  //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal – SJIFactor.com
  20. Karimova.“Tvorcheskoe i ispolnitelnoe nasledie Turguna Alimatova”. Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. Jurnal – Moskva, №12 (157), 2020 god
  21. Djurabekova S.Arganun (Organon) – in the outlook of Medieval Eastern Thinkers(Argʻanun -Oʻrta asrlar Sharq mutafakkirlari nigohida) Eurasian music science jurnalida nashr etildi.2020 : No. 2 , Article 7.
  22. Djurabekova S.“Georgiy Mushel organ ijodida Hazrat Alisher Navoiy siymosi”.//“San’atshunoslik va madaniyatshunoslikning dolzarb muammolari: an’ana va zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiya maqolalar toʻplami.
  23. Ashurov. Razmer i ritm v tradisionnoy uzbekskoy muzike. /Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya. Moskva, 2020, №12 (157). 87-89 betlar.
  24. Ashurov. Instrumentariy uzbekskoy muziki. // Obshestvo i innovasiya. Elektron jurnal. Impakt faktori 4,0.
  25. Joʻraeva L. “Alisher Navoiy merosidan oʻrin olgan maqomlar” // “Oʻzbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalar toʻplami. T.: “Musiqa”nashriyoti, 2020. 237-246 betlar.
  26. Joʻraeva L. “Baxt va shodlik kuychisining oʻlmas qoʻshiqlari” // “Hamid Olimjon merosi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tezislar toʻplami. T., 2020. 74-75 betlar.

 

2019

  1. Ergasheva Ch. “Maqom uslubidagi Ushshoq tavrlari”. “Musiqa”. №3. Maqola.
  2. Abdullaev R. Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli taraqqiyot yoʻli (maqom ansambli 60 yoshda). 2 b.t. Toshkent, 2019. Maqola sifatida nashrga topshirildi.
  3. Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli. Albom. Maxsus tahrir (oʻzbek va rus til.). Toshkent, 2019.
  4. Abdullaev R. Baxshichilik san’ati festivali. “Musiqa” (Musiqa), 2019, № 2. 2-7 bet. 0,5 b.t.
  5. Abdullaev R. Yunus Rajabiy etnomusiqashunoslik nigohida (Mesto i rol Yunusa Rajabi v etnomuzikologii). “San’at”, 2019, № 4 (nashrda). 0,5 b.t. (oʻzbek, rus va ingliz til.).
  6. Abdullaev R. Tradisionnaya muzika Sentralnoy Azii: novaya konsepsiya osvoeniya i obrazovaniya. \\ Professionalnoe muzikalnoe obrazovanie: istoriya, teoriya i praktika. Almati, 2019. 6-12 str. 1,0 p.l.
  7. Abdullaev R. Transmissiya: tvorcheskoe napravlenie v razvitii tradisionnoy muziki Vostoka (rus. i ang.yaz.). \\ Шарқ xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari. Toshkent, Samarqand, 2019.87-92 bet. 0,5 p.l.
  8. Ayxodjaeva. Bayot maqom yoʻllarining oʻziga xosligi // “Musiqa” jurnali, 2019, №4
  9. Ayxodjaeva . Oraz maqom yoʻlining oʻziga xosligi // “Oʻzbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferesiyasi materiallari. T., 2019.
  10. Joʻraeva L. “Alisher Navoiy davri musiqashunosligi va zamonaviy san’atshunoslik” // “Musiqa” jurnalida nashrdan chiqdi. 2019/4(8). – 76-80 betlar.
  11. Ganieva I. “Rol i znacheniya istochnikov v izuchenii muziki narodov Vostoka” Sharq taronalari XII – xalqaro musiqa festivali doirasidagi “Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari ” nomli xalqaro ilmiy konferensiyasi tezislar toʻplami 2019 y.
  12. Ganieva I. Xiva sh. “Raqs sehri” xalqaro festival doirasida oʻtkazilgan ilmiy konferensiya maruza bilan qatnashdim (2019 16-18 sentyabr) “Tanavor” – Milliy ananalar shakllanishi va rivojlantirish kesimida”

 

Monografiyalari roʻyxati

2022

  1. R.Abdullayev. Osnovi traditsionnoy uzbekskoy muziki. Monografiya. Toshkent; Musiqa, 2022. – 444 str. 30,0 p.l.
  2. Ch.Ergasheva. “Oʻzbek mumtoz musiqasida nazira an’analari”. Monografiya. Toshkent. Musiqa nashriyoti. 2022. – 318 b. 20,0 b.t.

2021

S.Djurabekova. Kompozitor Muxammad Otajonov. Monografiyasi. Toshkent 2021.

 

Oʻquv-uslubiy ishlar roʻyxati

2023

Sh.Ayxodjaeva. Xalq musiqa ijodiyoti. Darslik . Toshkent. 2023

2022

  1. Abdullayev. An’anaviy o‘zbek musiqasi asoslari. Darslik. Toshkent: Musiqa, 2022. -386 bet. 26,0 b.t.

2021

  1. Sh.Ayxodjaeva, Ch.Ergasheva, A.Zokirov. Oʻzbek musiqasi tarixi. Darslik.  Toshkent. 2021.
  2. Ch.Ergasheva. Istoriya uzbekskoy muziki. Tashkent. 2021.

 

Kafedraning ilmiy yoʻnalishi

Oʻzbek musiqasi tarixi – bastakorlik, kompozitorlik, folklorshunoslikni oʻtmish va zamonaviylik kesimida oʻrganish.