NIKOLAY RIMSKIY-KORSAKOV

Римский-Корсаков Николай Андреевич — биография композитора, личная жизнь, фото

NIKOLAY RIMSKIY-KORSAKOV

(1844—1908)

Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov bastakor, dirijyor, o’qituvchi. 1844-yil 18-martda Novgorod viloyati, Tixvin shahrida tug’iladi. U bolaligidan musiqaga ehtiyoji baland edi, lekin dastlab dengiz zobiti kasbini tanlaydi. 1856-yilda u Sankt-Peterburgdagi dengiz korpusiga o’qishga kiradi. Haqiqatdan, u musiqa fanidan voz kechmaydi. 1861-yilda M. A. Balakirev va uning to’garagi bilan tanishuvi kompozitor iste’dodini yanada rivojlantirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Biroq, 1862-yilda, dengiz korpusini tugatgandan so’ng, Rimskiy-Korsakov “Almaz” nomli yelkanli kemada  dunyo bo’ylab uch yillik dengiz sayohatiga chiqadi.

1865-yilda qaytib kelgach, Nikolay Andreevich Peterburgga joylashadi va dengiz flotidagi xizmatini qoldirmagan holda, Balakirev rahbarligida musiqa ta’limi bilan to’liq shug’ullanadi. Uning birinchi yirik asari Birinchi simfoniyasi (1865) edi. Keyin «Rus mavzulariga uvertura» (1866), «Serb fantaziyasi» (1867), «Sadko» simfonik kartinasi (1867), Ikkinchi simfoniya («Antar», 1868), bir qator yorqin poetik romanslari (bastakor) paydo bo’ladi.( jami 79 ta romans yozgan).

Bu ishlarning muvaffaqiyati shunchalik katta ediki, 1871-yilda Rimskiy-Korsakov Sankt-Peterburg konservatoriyasiga cholg’ulashtirish va erkin kompozitsiya bo’yich professor lavozimiga taklif qilinadi. 1873-yilda Nikolay Andreevich dengiz flotidagi xizmatini tugatadi va konservatoriyadagi professorlik vazifalarini birlashtirgan holda flotning harbiy orkestrlari inspektori lavozimini oladi (u 1884-yilda tugatilgunga qadar u ishlagan). Opera kompozitor ijodida asosiy janrga aylanadi. U 1872-yilda o’zining birinchi operasi «Pskov ayoli» ni yozgan. 1879-yilda N.V.Gogolning hikoyasi asosida «May kechasi»operasi paydo bo’ladi. 1881-yilda Rimskiy-Korsakovni eng ilhomlantirgan asari – A. N. Ostrovskiyning bahor ertaki syujeti asosida «Qor qiz» operasini yaratadi. «Mlada» (1892) va «Rojdestvodan avvalgi tun» (1895) operalaridan keyin kompozitor yana epik obrazlarga murojaat qiladi. Shu tariqa «Sadko» operasi (1896) yoziladi, va darhol keng shuhrat qozonadi. Ustoz sifatidagi xizmatlari ham katta. Nikolay Andreevich 200 ga yaqin kompozitorlarni tayyorlagan, jumladan A.K.Glazunov, A.S.Arenskiy, I.F.Stravinskiy, S.S.Prokofyev.

Rimskiy-Korsakov «Orkestr asoslari» darsligi, garmoniya bo’yicha ikkita darslik va ko’plab musiqiy maqolalar muallifi. U 1908-yil 21-iyunda Luga yaqinidagi Lyubensk uyida (hozirgi Leningrad viloyatida) vafot etdi.