- Tursunova(Xasanova) xaqida ma’lumotlar
Tursunova (Xasanova) Xurshidaxon Atabaevna, 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek;
1991 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi (M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi) “Kompozitsiya” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan
2001-2003 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Assistentura-stajirovka bo‘limini “Bastakorlik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Xozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi mudiri, professor, lavozimida ishlab kelmokda
Kafedrada olib borayotgan fanlari:
Tursunova (Xasanova) Xurshidaxon Atabaevna talabalarga “Bastakorlik san’ati”, “Cholg‘ulashtirish”, “Partitura o‘qish”, “Kompozitsiya asoslari”, “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanlaridan dars berib kelmokda.
Tursunova (Xasanova) Xurshidaxon Atabaevna yakka dars mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib boradi.
X.Tursunova (Xasanova) O‘zbekiston milliy televideniesi bilan hamkorlikda ijod qilib, bir qator filmlar, seriallar va dasturlarga musiqa bastaladi. Bular:
- “Gumroxlar» badiiy film (rejissyor Hilol Nasimov, 2014 yil);
- «Sehrli tun» bolalar uchun badiiy film (rejissyor Sanjar Boboev, 2014 yil);
- «Omonat» kinonovella (rejissyor Xurshid Hasanov, 2015 yil, “Toshkent” kanali buyurtmasiga binoan);
- «Aldangan qiz»(rejissyor Xurshid Hasanov, 2015 yil, “Toshkent” kanali buyurtmasiga binoan);
- «Kichkina izquvar» bolalar uchun badiiy film (rejissyor Husan Abdullaev, 2016 yil, “Bolajon” kanali buyurtmasiga binoan);
- «Tandir»kinokomediyasi (rejissyor Xurshid Xasanov, 2017 yil, “Yoshlar” kanali buyurtmasiga binoan);
- “Yo‘l boshida” 10 seriyadan iborat teleserial (rejissyor Doniyor Shokirov, 2018 yil, “Yoshlar” kanali buyurtmasiga binoan);
- «O‘gay ona» 25 seriyadan iborat teleserial (2018 yil, “O‘zbekiston” kanali buyurtmasiga binoan);
- «Insho» bolalar uchun badiiy film (2019 yil);
- “Bolajon” kanali uchun musiqa bastalagan;
- “Farishta” kinoseriali (2019 yil);
- “Umid” badiiy filmi (2019 yil);
- “70 yoshli bola” badiiy filmi (2019 yil);
- “Malak” 60 qismdan iborat teleserial (2020-2021 yillar)
- “Malak – 2” 60 qismdan iborat teleserial (2022-2023 yillar)
- “Muhabbat liboslari” 45 qismdan iborat teleserial (2022 yil)
- “Vunderkind” bolalar uchun badiiy film (2022 yil);
- “Baxtsiz kuyov” badiiy filmi (2020 yil);
- “Sirli o‘rmon” bolalar uchun badiiy film (2021 yil);
- “Chegaradagi qishloq” 20 qismdan iborat teleserial (2023 yil)
- “Tashxis” 30 qismdan iborat teleserial (2023 yil)
- “Repetitsiya” badiiy filmi (2022 yil);
- “Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi” telenovellalar (2020 – 2023 yillar);
X.Tursunova (Xasanova) yaratgan turli janrlarda ijod kiladi.
Asarlar ro‘yxati Bular:
“Simfonik poema” (2023 y), “Uvertyura – fantaziya” xcho uchun (2014 y), “Orzular parvozi” (2017 y), “Holat”, “Sehrli kitob”, “Tarixning kichik varaqasi”, “Glares of the moon”, fortepiano uchun “Fantaziya”. Klarnet va fortepiano uchun “Fantaziya”. Skripka va fortepiano uchun “Fantaziya”. “Dreams of the sounds”, fortepiano uchun “Etyud-kartina”. Bolalar uchun qo‘shiqlar jamlangan “Vatanimni kuylayman” nomli mp3 mualliflik diski (2017 y). Bolalar uchun qo‘shiqlar jamlangan “Erkatoy-1-2” nomli mp3 mualliflik diski (2016-2017 yillar).
Bolalar uchun qo‘shiqlar jamlangan “Sevinch qo‘shiqlari” nomli mp3 mualliflik diski (2014 y).
Xurshida Tursunova (Hasanova)ning prima rubob va orkestr uchun yozgan «Orzular parvozi» asari 2016 yilda xalq cholg‘ulari bo‘yicha “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovining ikkinchi bosqich asosiy dasturiga kiritilib, tanlovning chet ellik qatnashuvchilari tomonidan ijro etildi.
X.Tursunova (Hasanova)ning simfonik orkestr uchun “Simfoniya”, truba va fortepiano uchun “Fantaziya”, Omnibus ansambli uchun “Sehrli kitob”, fortepiano uchun “2 ta pesa” turkumi asarlari 2018 yilda o‘tkazilgan V-xalqaro simfonik musiqa festivalida, vokal asari 2019 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Altay-Atыrau arasы” xalqaro zamonaviy musiqa festivalida muvaffaqiyatli ijro etildi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida, viloyatlar bo‘ylab konsertlarda yakka ijrochi sifatida o‘z shogirlari bilan Sinf konsertlarini o‘tkazib keladi. Ulardan asosiylari:
- X.Tursunova (Xasanova)ning konsert ijrochilik faoliyati:
№ | Vaqti | O‘tkazilganjoyi | Konsert turi |
1. |
2014 yil. 31 avgust |
Alisher Navoiy majmuasi | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlangan dastur |
2. |
2012 yil. 22 mart |
Alisher Navoiy majmuasi | Navro‘z umumxalq bayram tomoshasi dasturi |
3. |
2014 yil. 17 dekabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zal | Mexribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun Xayriya konserti |
4. |
2012 yil. 31 avgust |
Alisher Navoiy majmuasi | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlangan dastur |
5. |
2013 yil. 31 avgust |
Alisher Navoiy majmuasi | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan dastur |
6. |
2021 yil. 29 sentabr |
“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi | 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturi |
7. |
2018 yil. 13 mart |
R.Glier nomidagi RIMM katta zali | Ijodiy uchrashuv va konsert dasturi |
8. |
2015 yil. 5 dekabr |
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturi |
9. |
2022 yil. 21 mart |
Toshkent shahri, “Humo” arena majmuasi | Navro‘z umumxalq bayram tomoshasi dasturi |
10. |
2020 yil. 12 mart |
V.Uspenskiy nomidagi RIMAL katta zali | Ijodiy uchrashuv va konsert dasturi |
11. |
2021 yil. 15 aprel |
Olmaliq shahar 8-sonli BMSM zali | Ijodiy uchrashuv va konsert dasturi |
12. |
2013 yil. 13 iyul |
Monpele (Fransiya) |
Ijodiy uchrashuv va konsert dasturi |
13. |
2013 yil. 3 dekabr |
Nyu York (AQSh) |
“Piano cantabile” special piano festival |
14. |
2022 yil. 11 dekabr |
Nyu York (AQSh) |
Mannes sounds festival
|
15. |
2018 yil. 22 fevral |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali |
Konsert muzыki kompozitorov Uzbekistana
|
16. | 2019 yil 9-10 oktabr | Farg‘ona viloyati | Xisobot konserti |
17. |
2018 yil. 8 noyabr |
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi zali |
V-xalqaro simfonik musiqa festivali. Kamer musiqa konserti
|
18. |
2018 yil. 9 noyabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali |
Konsert gosudarstvennogo akademicheskogo orkestra narodnыx instrumentov
|
19. |
2018 yil. 8 noyabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali |
Konsert ansamblya «Omnibus»
|
20. |
2013 yil. 28 oktabr, 4,29 noyabr, 20 dekabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zali |
«Davr sadolari – 2013» musiqa festivalida simfonik, kamer, bolalar uchun asarlar
|
21. |
2022 yil. 13 may |
Moskovskaya gosudarstvennaya konservatoriya imeni P.I.Chaykovskogo. «Raxmaninovskiy zal» | Muzыka kompozitorov Uzbekistana |
22. |
2022 yil. 4 may |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali | K 85 – letiyu Gosudarstvennoy koservatorii Uzbekistana |
23. |
2017 yil. 13 dekabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali | Konsert muzыki molodыx kompozitorov Uzbekistana |
24. |
2018 yil. 22 fevral |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi organ zali | Konsert muzыki molodыx kompozitorov Uzbekistana |
25. |
2014 yil. 11 noyabr |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zali | Konsert sovremennoy fortepiannoy muziki |
26. |
2019 yil. 3 dekabr |
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi zali | O‘zbekiston kompozitorlarining kamer asarlarida konsert |
- Ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha o‘tkazilgan tabdirlardagi ishtiroki:
Professor v.b. X.Tursunova tomonidan yaratilgan bir qancha asarlar Mustaqillik, Navro‘z va Konstitutsiya kunlariga bag‘ishlangan davlat tadbirlarida muntazam repertuarlardan joy olib kelmoqda.
Shu bilan birga fakultet talabalari uchun tashkil etiladigan “Ma’naviyat” kunlari, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash”, “Sog‘lom tanda sog‘lom aql”, “Ommaviy madaniyat” unsurlariga qarshi kurashish, “O‘rgimchak to‘ri”, “Diniy niqob qilganlar” va “Saylash bizning konstitutsiyaviy huquqimiz va burchimizdir” kabi mavzularda tashkil etiladigan tadbirlarda o‘zining ijodiy dasturlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga konservatoriya yotoqxonasida navbatchilik jarayonlarida talabalar bilan ma’rifiy ishlar olib bormoqda.
Barcha talabalar va magistrlarga fanlarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun qo‘shimcha “ZiyoNet”axborot-resurs portalidagi materiallar, konservatoriya fontekasi magnit yozuvlari va scu.uz konservatoriya saytidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha muntazam maslahatlar berib kelmoqda.
X.Tursunova (Xasanova)ning shogirdlari ro‘yxati (2015-2023)
№ | F.I.Sh. |
Tugatgan yili |
Ish joyi |
1. | Nizomova Yulduz | 2015 | Chegara qo‘shinlari ansambli |
2. | Xudoyberdiev Rustam | 2015 | Qurolli kuchlar ansambli |
3. | Baymuxammedov Timur | 2019 | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi estrada-simfonik orkestri |
4. | Qobilova Marjona | 2016 | O‘zbekkonsertda xonanda |
5. | Muzaffarova Mushtariy | 2017 | O‘zbekkonsertda xonanda |
6. | Baxromov Bekzod | 2017 | O‘zbekiston davlat madaniyat va turizm vazirligi Toshkent shahar madaniyat boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i |
7. | Abduraxmonova Noila | 2021 | 15-sonli BMSM o‘qituvchisi |
8. | Tairov Azamat | 2022 | 17 sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi |
9. | Baxtiyorov Maxmud | 2015 | 3 sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori |
10. | Bobojonov Umid | 2013 | Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi |
11. | Tojiev To‘lqin | 2014 | O‘zbekkonsert birlashmasida xonanda |
12. | Narzullaeva Visola | 2019 | Termiz shahar 1-sonli BMSM o‘qituvchisi |
13. | Madazimova Xurriyat | 2015 | R.Glier nomidagi RIMM o‘qituvchisi |
14. | Otajonov Jahongir | 2009 | O‘zbekkonsert birlashmasida xonanda |
15. | Sobirov Farrux | 2013 | Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti o‘qituvchisi |
16. | Agzamov Doniyor | 2007 | O‘zbekfil’mda |
X.Tursunova (Xasanova)ning Xalqaro va Respublika tanlovlari hamda festivallarda sovrindor bo‘lgan shogirdlari ro‘yxati
O‘z faoliyati davomida yetishtirib chiqargan shogirdlari orasida ko‘plab Respublika miqyosidagi va Xalqaro tanlov va festivallar sovrindorlari, “Nihol” mukofoti tanlovlari g‘oliblari mavjud bo‘lib, ular:
O‘quv yili | F. I. Sh. |
Tanlovning nomi |
Mukofotlar |
2013 yil |
Muinov Qosim |
XIII Mejdunarodnыy konkurs molodыx kompozitorov «Maestro» (g.Simferopol, Ukraina) |
Laureata I stepeni v nominatsii «Vokalnaya muzыka» |
2013 yil |
Kabilova Dilfuza | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yosh iste’dodlar uchun tasis etilgan “Nihol” davlat mukofoti | “Mumtoz qo‘shiq” yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlandi |
2013 yil |
Muinov Qosim |
XIII Mejdunarodnыy konkurs molodыx kompozitorov «Maestro» (g.Simferopol, Ukraina) |
Laureata III stepeni v nominatsii «Dыxanie vekov» |
2013 yil |
Xudoyberdiev Rustam |
XIII Mejdunarodnыy konkurs molodыx kompozitorov «Maestro» (g.Simferopol, Ukraina) |
Laureata I stepeni v nominatsii «Instrumentalnaya muzыka» |
2013 yil |
Muinov Qosim |
XIII Mejdunarodnыy konkurs molodыx kompozitorov «Maestro» (g.Simferopol, Ukraina) |
Laureata II stepeni v nominatsii «Instrumentalnaya muzыka» |
2015 yil |
Baxromov Bekzod | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yosh iste’dodlar uchun tasis etilgan “Nihol” davlat mukofoti | “Estrada san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlandi |
2016 yil |
Boymuxamedov Timur |
Yosh bastakorlar o‘rtasida “Torli cholg‘u uchun eng yaxshi asar” tanlovi (Toshkent) |
1-O‘rin va laureatlik diplomi |
2017 yil |
Kabilova Marjona | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yosh iste’dodlar uchun tasis etilgan “Nihol” davlat mukofoti | “Estrada san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlandi |
2018 yil |
Boymuxamedov Timur |
“XXXIII Mejdunarodnыy konkurs yunыx kompozitorov” (g.Novosiborsk, Rossiya) |
2-O‘rin va laureatlik diplomi |
2019 yil |
Muzaffarova Mushtariy | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yosh iste’dodlar uchun tasis etilgan “Nihol” davlat mukofoti | “Estrada san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlandi |
2020 yil |
Abduraxmonova Noila |
I International music competition «Ca ave musica» g.Moskva, Rossiya) |
Laureata I stepeni |
2020 yil |
Abduraxmonova Noila |
Hamid Olimjonga bag‘ishlangan “Eng yaxshi vokal asari” tanlovi (Toshkent) |
1-O‘rin va laureatlik diplomi |
2022 yil |
Omonjonova Odinaxon |
Mejdunarodnыy konkurs kompozitorskogo tvorchestva «Ya – kompozitor» (g.Moskva, Rossiya) |
Laureata I stepeni v nominatsii «Sochinenie» |
2022 yil |
Tairov Azamat |
II Mejdunarodnoe mnogojanrovыy konkurs-festival “Osennaya fantaziya” (g.Moskva, Rossiya) |
1-O‘rin va laureatlik diplomi |
2023 yil |
Omonjonova Odinaxon |
Mejdunarodnыy konkurs-festival «Global Asia» (g.Pekin, KNR) |
Laureata I stepeni |
“Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi professori X.Tursunova (Xasanova)ning ijodiy yutuqlari.
2015 va 2016 yillarda “Oromgoh qo‘shiqlari” respublika ko‘rik tanlovlari laureati;
2015 yilda Madaniyat sohasi rivojiga qo‘shgan xissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan DIPLOM bilan taqdirlandi;
2016 yilda “Yagonasan, muqaddas Vatan” qo‘shiqlar ko‘rik tanlovining respublika boskichida Dilso‘z Zaxidova ijrosida “Dillarda yangrasa» qo‘shig‘i 3 o‘rinni;
2017 yilda “Yagonasan muqaddas Vatan” qo‘shiqlar ko‘rik tanlovining Madaniyat vazirligi tizimining respublika bosqichida Firdavs Avezov ijrosida «Shukrona» qo‘shig‘i 1 o‘rinni;
Xurshida Tursunova (Hasanova)ning prima rubob va orkestr uchun yozgan «Orzular parvozi» asari 2016 yilda xalq cholg‘ulari bo‘yicha “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovining ikkinchi bosqich asosiy dasturiga kiritilib, tanlovning chet ellik qatnashuvchilari tomonidan ijro etildi.
X.Tursunova (Hasanova)ning simfonik orkestr uchun “Simfoniya”, truba va fortepiano uchun “Fantaziya”, Omnibus ansambli uchun “Sehrli kitob”, fortepiano uchun “2 ta pesa” turkumi asarlari 2018 yilda o‘tkazilgan V-xalqaro simfonik musiqa festivalida o‘z asarlari bilan ishtirok etib, SERTIFIKAT bilan taqdirlandi, vokal asari 2019 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Altay-Atыrau arasы” xalqaro zamonaviy musiqa festivalida muvaffaqiyatli ijro etildi.
2013 yil “E’tirof-2013” mukofotining “Yilning eng yaxshi bastakori” nominatsiyasi sohibasi;
2018 yilda Tursunova Xurshidaxon Atabaevna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28 avgustdagi farmoniga binoan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi;
2019 yilda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan Bolalar qo‘shiqlari Respublika tanlovining “Maktabgacha ta’lim muassasasalari uchun qo‘shiqlar” yo‘nalishida I-darajali diplom bilan mukofotlandi;
2022-yilda OF THE EURASIAN CREATIVE GUILD, LONDON gildiyasi tomonidan SERTIFIKAT bilan taqdirlandi
2021 yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surib kelinayotgan beshta muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi, ya’ni, yoshlarni musiqa va san’atga qiziqishlarini yanada orttirish va iqtidorlarni kashf etishda, o‘zbek musiqa san’atini jahon hamjamiyatiga tanitib kelayotganligi uchun, Qo‘qon shahar xokimligi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi;
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan “2018-2022 – yillarning faol kompozitor” SERTIFIKATI bilan taqdirlandi;
2018-yilda UZDOC 2.0. xalqaro Erasmus-Programme of the European union CERTIFICATE bilan taqdirlandi;
2016-yilda “Estrada va yoshlar” I Respublika forumida faol ishtiroki uchun SERTIFIKATI bilan taqdirlandi;
2023 yilda AQShning N’yu York shahri “MANNES SCHOOL OF MUSIC” piano department kafedra mudiri “MANNES SOUNDS FESTIVAL” badiiy raxbari Pavlina Dokovska tomonidan TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandi;
2018-2020 yillarda “Zvezdnыy proekt-(XXXIII-XLII)” (Rossiya federatsiyasi) yosh kompozitorlarning ko‘rik tanloviga talabalarni munosib tarzda tayyorlagani uchun TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandi;
2022 yilda “Ya – kompozitor” (g.Moskva, Rossiya federatsiyasi)da bo‘lib o‘tgan kompozitorlarning ko‘rik tanloviga talabalarni munosib tarzda tayyorlagani uchun TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandi;
2022 yilda “Osennaya fantaziya” (g.Moskva, Rossiya federatsiyasi) kompozitorlarning ko‘rik tanloviga talabalarni munosib tayyorlagani uchun TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandi;
2023 yilda Rossiya-KNR “Global Asia” xalqaro ko‘rik-tanlovida talabalarni munosib tayyorlagani uchun TAShAKKURNOMA bilan taqdirlandi;
2024 yilda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak niщoni bilan taqdirlandi;
Shuningdek, Xurshidaxon Tursunovaning qo‘shiqlari 2015, 2016 yillarda “Oromgoh qo‘shiqlari” respublika tanlovida, 2016, 2017 yillarda “Yagonasan, muqaddas vatan” qo‘shiqlar ko‘rik tanlovida sovrinli o‘rinlarni egallagan.Ko‘plab Xalqaro va Respublika tanlovlarida diplom va sertifikatlari bilan taqdirlangan.
Ijodiy uyushmalardagi faoliyati:
2015, 2018 yillarda “Istedod”-1,“Istedod-2 Xalkaro tanlovlarida hakamlar hay’ati a’zosi;
2021 yilda kompozitorlar orasida “Maqomlarga asoslangan eng yaxshi kamer asar” respublika tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2021 yilda “Yangi ovoz” teleko‘rik (Navo kanali) hakamlar hay’ati a’zosi;
2022 yilda “Sen zo‘rsan” teleko‘rik (Navo kanali) hakamlar hay’ati a’zosi;
2023 yilda “Jonli battl” teleko‘rik (Navo kanali) hakamlar hay’ati a’zosi;
2010-2018 yillarda “Yagonasan-Muqaddas Vatan” respublika tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2019/2021/2023 yillarda Ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, maktab-internatlari, akademik litseylari yosh ijrochilarining respublika tanlovlarining “Estrada yo‘nalishi”da hakamlar hay’ati raisi;
2019 yilda Termiz viloyatida M.Ashrafiy nomidagi respublika ko‘rik-tanlovining “Estrada yo‘nalishi”da maxsus komissiyada rais;
2019 yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning, yangi yulduzlari” tanlovida hakamlar hay’ati raisi;
“Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari” respublika ko‘rik-tanlovining “Estrada yo‘nalishi”da hakamlar hay’ati raisi;
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Respublika vokal ansambllari ko‘rik-tanlovi”ning hakamlar hay’ati raisi;
Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining “Akademik cholg‘ular va estrada ijrochiligi” respublika tanlovining “Estrada yo‘nalishi”da hakamlar hay’ati raisi;
2013/2017/2019/2020 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik ta’lim yo‘nalishi bakalavriat va magistratura bosqichi kirish imtixonida xayat azosi;
2011-2021/2023 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik ta’lim yo‘nalishi bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilarning attestatsiyasida DAK xayati azosi;
2013/2015/2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Nihol” davlat mukofotining
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining Faollar kengashi a’zosi;
2016 yildan Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengash a’zosi;
2018 yildan O‘zbekiston teatr arboblari birlashmasi Rayosati a’zosi;
2018 yildan O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasining O‘zbekiston davlat konservatoriyasi boshlang‘ich tashkiloti kengashi a’zosi;
2017 yilning 18-20 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan «Jivoy rodnik» nomli xalqaro tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2017 yil oktabr oyidan “Bolajon” kanalining “Domisol” ko‘rsatuvi boshlovchisi;
2018 yil iyun oyidan “Bolajon” kanalining «Quvnoq notalar» ko‘rsatuvi boshlovchisi
2021 yilda kompozitorlar orasida “Maqomlarga asoslangan eng yaxshi kamer asar” respublika tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2018 yilda Bolalar musiqa va san’at maktablari ansambllarining respublika tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2022 yilda “Yangi O‘zbekistonning yangi taronalari” iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovi hamda “Iste’dodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
2022 yilda “Yangi O‘zbekistonning yangi taronalari” iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi;
Ilmiy maqolalar ro‘yxati
T/r |
Ilmiy ishning nomi |
Bosma yoki qo‘l- yozma |
Jurnal, to‘plam (yil, nomer, betlari), nashriyot yoki mualliflik guvohnomasi nomeri |
Bosma taboq yoki betlar soni, mualliflik ishti-roki | Ham–mual-liflar-ning fami–liya-lari |
1. |
“Bolalar qo‘shiqchiligi san’ati” |
Bosma | “Moziydan sado” ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy jurnal, 2016, № 1 (69), 26-29 betlar | 3 bet | – |
2. | “Yoshlarning musiqiy ta’limida xonanda Botir Zokirov qo‘shiqlarining tarbiyaviy o‘rni” | Bosma | “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal, 2021, № 3 (15), 88-92 betlar | 4 bet | – |
3. | “Konstruktivistskiy vzglyad kompozitora na stanovlenie formы v nachalnom etape formirovaniya stilya N.Giyasova” | Bosma | “Problemы sovremennoy nauki i obrazovaniya”, 2021 yil, № 11 (168) 108-116 betlar | 8 bet | – |
4. | “Osobennosti stilistiki i muzыkalnogo yazыka detskoy pesni” | Bosma | “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal, 2021, № 2 (14), 81-85 betlar | 4 bet | – |
5. | “Bolalar vokal ijrochiilik san’atining o‘ziga xosligi” | Bosma | “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal, 2022, № 1 (17), 57-62 betlar | 5 bet | – |
6. | “Milliylik va zamonaviylik mushtarakligi bolalar ijodiyoti misolida” | Bosma | “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal, 2022, № 3 (19), 13-17 betlar | 4 bet | – |
7. | “Yosh bolalar musiqiy tarbiyasida qo‘shiq tinglash va kuylashning uslubiy jihatlari” | Bosma | “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnal, 2022, № 4 (20), 75-79 betlar | 4 bet | – |
8. | “Tvorcheskaya deyatelnost kompozitora Mirxalila Maxmudova v kontekste izucheniya muzqki dlya kino i teatra” | Bosma | “Problemы sovremennoy nauki i obrazovaniya”, 2022 yil, № 8 (177) 68-71 betlar | 3 bet | – |
9. | “Musiqa spektaklning yarmi” | Bosma | “Teatr”, 2022 yil, № 4 14-16 betlar | 2 bet | – |
10. | “Aleatorika kak dramaticheskiy faktor proizvedeniya Vitolda Lyustoslavskogo i Kshishtofa Pendereskogo” | Bosma | “Problemы sovremennoy nauki i obrazovaniya”, 2023 yil, № 2 (180) 81-87 betlar | 6 bet | – |
O‘quv qo‘llanma va darsliklari | |||||
1. | “Partitura o‘qish va cholg‘ulashtirish” (simfonik orkestr) Oliy ta’lim muassasalari uchun O‘QUV QO‘LLANMA | Bosma | Toshkent,“Musiqa” nashriyoti, 2020 yil | 18,0 b.t. | – |
2. | “Partitura o‘qish” (simfonik orkestr) Oliy ta’lim muassasalari uchun DARSLIK | Bosma | Toshkent,“Musiqa” nashriyoti, 2022 yil | 9,5 b.t. | – |
X.Tursunova (Xasanova) faoliyati haqidagi maqola
№ |
Maqola muallifi
|
Maqola nomi | Jurnal, gazetaning nomlanishi | Gazeta (jurnal) soni, oyi, yili |
1. | Yekaterina Moskvichyova | “Janr muzыkalnogo memoriala v tvorchestve Xurshidы Xasanovoy” | “Musiqa san’ati yoshlar nigohida” oliy ta’lim muassasasining talabalar ilmiy-nazariy konferensiyaning Tezislari |
2013 yil Toshkent shaxri |
2. | Madina Fayzieva | “Prelyudii dlya fortepiano X.Xasanovoy v klasse spesialnogo fortepiano” | “Problemы sovremennoy nauki i obrazovaniya”, |
2023 yil Rossiya federatsiyasi |
3. | Iroda Usmonova | “Detskie pesni Xurshidы Xasanovoy” | “Musiqasan’ati yoshlar nigohida” oliy ta’lim muassasasining talabalar ilmiy-nazariy konferensiyaning Tezislari |
2013 yil Toshkent shaxri |
4. | Sabina Maxkamova | “O muzыkalnoy semantike sochineniya Xurshidы Xasanovoy «Xolat» («Sostoyanie») dlya kamernogo instrumentalnogo ansamblya” | “O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyoti yoshlar nigohida” ilmiy anjumanning ma’ruzalar to‘plami |
2015 yil Toshkent shaxri |
5. | – | “Hamma narsaga yaxshi ko‘z bilan qarayman” | “Sabo” ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazeta |
2014 yil Toshkent shaxri №1 |
6. | – | “Bolalarga mehrim bo‘lakcha” | “O‘zAS” ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazeta |
2014 yil 24 yanvar №4 (4247) Toshkent shaxri |
7. | – | “Ilhom manbam-ssenariy” | “TV Park uz” ommabop jurnal |
2018 yil 18 yanvar №2 Toshkent shaxri |
8. | – | “O‘qib-o‘rgangan bilan hamma bastakor bo‘lib ketavermaydi” | “Humo+TV” ommabop jurnal |
2012 yil 21 mart №12 Toshkent shaxri |
9. | – | “Vstrecha s Xurshidoy Xasanovoy v shkole №171” | “Klass” ommabop jurnal |
2015 yil 28 aprel №17 (55291) Toshkent shaxri |
10. | – | “Biz hech kimdan kam bo‘lmaymiz” | “Mohiyat” ommabop gazeta |
2014 yil 1 avgust (727) Toshkent shaxri |
11. | – | “Sem chudes Uzbekistana” | “Tasvir” ommabop jurnal |
2017 yil 5 yanvar №1(824) Toshkent shaxri |
12. | – | “Bolalar qo‘shiqchiligi qachon ommalashadi” | “Mahalla” ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazeta |
2020 yil №31 (1961) Toshkent shaxri |
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashida, yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar, san’at arboblari tavsiyanomalarida Tursunova (Xasanova) Xurshidaxon Atabaevnaning pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlariga yuqori baho berilgan. X.Tursunova (Xasanova) ko‘p yillik pedagogik faoliyati, ijodiy mehnati, konsert, ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishtiroki bilan O‘zbekiston musiqa san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Bastakorlik va kompozitorlik san’ati rivojida Xurshida Tursunova (Xasanova)ning xizmatlari e’tirof etishga loyiq. Sababi X.Tursunova (Xasanova) o‘zining ham ijrochilik, ham pedagogik, eng asosiysi ilmiy-uslubiy faoliyatda sermahsul ijod qilib kelmoqda. Uning yaratgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari bugun amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Uning ilmiy maqolalari nufuzli Ilmiy jurnallarda bosh maqola sifatida muntazam chop etib kelinmoqda.
“Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi professori Xurshida Tursunova (Xasanova) musiqa sohasida chuqur bilimlarni egallab, o‘zining mehnatsevarligi, tinimsiz izlanishi natijasida Respublika tanlovi ishtirokchisi, mohir sozanda hamda yoshlarni tarbiyalaashdagi samarali faoliyati bilan bugungi kunda O‘zbekistonimizning musiqa sohasidagi yetakchi professor-o‘qituvchilar qatoridan o‘rin olgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. X.Tursunova (Xasanova) nafaqat pedagogik faoliyat, balki, doimiy amaliy ijrochilik faoliyatini olib borib, o‘zbek musiqa ijrochilik san’atini respublikamizda va ko‘plab chet el mamlakatlarida ham targ‘ib qilib kelayotgan san’atkorlardan biridir.
X.Tursunova (Xasanova) konservatoriyadagi pedagogik faoliyati davomida ko‘plab ilimiy-uslubiy ishlarni amalga oshirib, bir qator Xalqaro va Respublika tanlovlaring sovrindorlarini tarbiyalashga muvaffaq bo‘ldi. Kafedrada o‘z shogirdlarini tarbiyalash bilan birga, yosh o‘qituvchilarimizga ham ustoz sifatida o‘z maslahatlarini berib keladi. Kafedraning o‘quv va ilmiy ishlarida hamisha faol mutaxassislardan hisoblanadi.