Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

                                     ALIMOV SARVAR XUSHNIDJONOVICH
Ilmiy darajasi:
Lavozimi: Qo‘mita raisi
Qabul vaqtlari: Dushanba, Payshanba: 9:00-12:00
Tel: +998 90 909-60-28
E-mail: kasaba_uyushma@uzmmsi.uz

Kasaba uyushmasi faoliyati

Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti Kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘mita raisi “Maqom xonandaligi” kafedrasi jo’rnavozi Alimov Sarvar Xushnidjonovich. Bugungi kunda jamoa tarkibi – 81 a’zolardan iborat bo‘lib, professor-o‘qituvchilar, o‘quv yordamchi personal, xo‘jalik xodimlari hamda 474 bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha va 28 magistr mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan.

2020 yil 30 noyabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra kasaba uyushmasi o’z faoliyatini boshlagan. Unga ko’ra 1 nafar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, 6 nafar qo‘mita a’zolari, 5 nafar taftish komissiyasi a’zolari ochiq ovoz berish yo’li orqali institut jamoasi tomonidan tanlab olingan.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi amaldagi qonunchilik asosida Jamoa shartnomasi xamda o’z xarajatlar taqsimotini ishlab chiqqan.   Har yili tasdiqlangan reja asosida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Ular qatoridan – ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, madaniy xordiq chiqarish, huquqiy-ijtimoiy,  madaniy-maishiy, sport tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazilmoqda. Kasaba uyushmasi faoliyatidagi muhim bo‘lgan e’tibor bu – jamoani ham ma’naviy, ham madaniy, ham jismonan sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ishlardir. Hususan, jamoa a’zolarini dam olish, davolanish va salomatliklarini tiklash uchun yo‘llanmalar ajratilmoqda, shuningdek, jamoa a’zolaridan faollarni rag‘batlantirish va kam ta’minlanganlar esa moddiy yordam bilan ta’minlanmoqdalar. Shu bilan birga jamoa uchun qandli diabet, grippga qarshi kurash va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida tegishli mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, maslahatlar tashkil etilmoqda.

Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti rahbariyati tomonidan turli darajada o‘tkazilayotgan bayram kechalari, ijodiy uchrashuvlar, ko‘rik tanlovlar, taqdimot marosimlari, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkillashtirishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorlik ko‘rsatib kelmoqda. Shuning bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3514-son qarori asosida ishlab chiqilgan «O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutining professor o’qituvchilar va ishchi xodimlari Buxora, Samarqand, Xiva viloyatlarga sayohatlari uyushtirildi. Jamoaning ijtimoiy ongini va faolligini kuchaytirish  maqsadida Mustaqillik bayrami, Konstitutsiyani qabul qilish kuni, Hotin-qizlar bayrami, Navro‘zi olam, Xotira va qadrlash  bayramlarni nishonlash borasida jamoaga “Bir piyola choy” bayramona dasturxon yozilishi, fidoyi jamoa a’zolarni “Fahriy yorliq” topshirish va moddiy rag‘batlantirish kabi ishlar ham hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Keksa avlod xodimlarimizni e’zozlash yo‘nalishi ham e’tibordan chetda qoldirilmagan. Ko‘p yillar mobaynida fidoyi ishlagan fahriylardan xabar olish, yosh avlod jamoa a’zolarning ma’naviy-ma’rifiy ongini oshirish maqsadida respublikada tanilgan  va konservatoriya uchun samarali mehnat qilgan san’atkorlar  bilan uchrashuvlar  chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmoqda.