Ilmiy-tadqiqot faoliyati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantura va doktoranturada tahsil olayotgan ilmiy xodimlar, magistrlar va iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy, ijodkorlik va kontsert ijrochiligi hamda ilmiy-amaliy anjumanlar, ilmiy seminarlarni o‘tkazish va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etish, yuqori saviyada tashkil etilgan madaniyat va san’at sohasidagi turli tadbirlarda ishtirok etish hamda ilmiy maqolalar, to‘plam, o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar yaratishdan iborat.

Konservatoriya respublikada musiqa san’ati bo‘yicha tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanadi. U mazkur sohalar bo‘yicha respublikadagi barcha musiqa sohasiga ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘quv-uslubiy hamda Osiyodagi sohaga aloqador oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqishda ham metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari va yosh ilmiy tadqiqotchi hamda magistrlar o‘zbek mumtoz musiqa san’atining manbashunosligi, meros, ijodiyot, ijrochilik, ta’lim mezonlarini o‘tmish va zamonaviylik kesimida tadqiq etish, o‘zbek musiqiy folklori va ularning milliy an’analari, qadriyatlari, janr va namunalarini o‘rganish va rivojlantirish, zamonaviy musiqa ijodiyotiga ta’siri, Sharq xalqlari mumtoz musiqa madaniyatini o‘tmish va zamonaviylik kesimida o‘rganish, musiqiy tafakkur, an’ana, ijod va ijrochilik masalalarini alohida va qiyosiy o‘rganish, musiqiy ta’lim masalalari: uzluksiz ta’lim tizimi va muammolari; tarixiy, nazariy va amaliy jarayonlarning qamrovi va rivojlantirish mezonlari, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish; ta’lim tizimini umumbashariy andozalarga mosligi va o‘ziga xosligi, kompozitorlik ijodiyoti: jahon xalqlari musiqa ijodiyoti, o‘zbek kompozitorlik maktablari va namoyandalari, musiqiy tarixiy, nazariy va amaliy mezonlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Konservatoriyada tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ham Respublika va Xalqaro nufuzli musiqa tanlovlarida ishtirok etib, Grant-Pri va 1-o‘rinlarni olgan talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, o‘zining soha yo‘nalishiga ko‘ra ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish bo‘yicha ham samarali  ishlar tashkil etilgan. 2021 yildan boshlab konservatoriya Rektori stipendiyasining joriy etilganligi yoshlarni o‘z ustida ishlashga motivatsiya berish bilan birga yangi musiqiy asarlarni yaratish, yangicha ijro uslublarini talqin qilish, Respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda o‘z ilmiy-ijodiy ishlanmalari bilan ishtirok etishga ularni undamoqda. Talabalarimiz tomonidan yaratilayotgan ilmiy-ijodiy ishlanmalar  fakultetlar kesimida tahlil qilinib, ilmiy-ijodiy ishlar natijadorligiga ko‘ra mualliflik huquqini olishlari  ular o‘rtasida muntazam mutaxassislarni taklif etgan holda seminarlar va uchrashuvlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan