Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash

17.00.02-Musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini berish bo‘yicha 2018-yildan ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra 18 nafar yosh tadqiqotchi olimlar tomonidan PhD dissertatsiya ishlari himoya qilingan bo‘lsa, 2 nafar san’atshunoslik fanlari doktori(DSc)ni olish bo‘yicha bir martalik Ilmiy kengash tashkil etilib, muvaffaqiyatli himoya jarayonlari o‘tkazilgan. Shuningdek, himoya qilgan tarkibining asosiy salmog‘i ijrochilik qo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan yosh sozandalardan iborat ekanligini, katta yutuq deb baholash lozim.