Axborot-resurs markazi

 

UMURBOEVA SURAYYO XASANOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi: Bo‘lim mudiri
Qabul vaqtlari:  Har kuni (09.00 – 17.00)
Tel.: (97) 446-80-61
E-mail:  arm@uzmmsi.uz

  Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining  Axborot resurs markazi 2020/2021  o‘quv yilida tashkil topgan bo‘lib, fondida asosan musiqiy yo‘nalish bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanma, nota asarlari badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi adabiyotlar saqlanadi.

Kutubxonamizda quyidagi bo‘limlar mavjud:

  • O‘quv zali
  • Mutaxassislik bo‘yicha kitob tarqatish bo‘limi
  • Umumta’lim fanlardan kitob tarqatish bo‘limi
  • Elektron o‘quv zali

Kutubxona fondi 1656 nusxa, 272 nomdan iborat. Shulardan:

  • Darsliklar – 238 nusxa, 57 nomda
  • O‘quv qo‘llanmalar – 1121 nusxa, 158 nomda
  • Badiiy adabiyotlar – 108 nusxa, 23 nomda
  • Elektron nashrlar – 378

  Axborot resurs markazida barcha xodimlar asosiy shtatda faoliyat yuritadilar. Kutubxonamiz zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar bilan ta’minlangan.

  O’zMMSI ARM talabalar,  professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, ishchi xodimlar, yagona kitobxonlik guvohnomasi bo‘yicha 182 ta kitobxon ro‘yxatga olingan. Bulardan 134  talaba, 9 ta magistr va 34 ta professor-o‘qituvchilar.

  Axborot resurs markazida yangi o‘quv yili uchun talabalarga yengillik yaratish maqsadida, kutubxona fondini boyitish rejalari ko‘rib chiqildi. Bunda talabalarning mutaxasisliklariga qarab o‘quv adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxat asosida 40ta nomda 200ta sonda 19600000 so‘mli kitoblar xarid qilindi.

  Beg‘araz yordam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan o‘zbek kiril, lotin, rus va ingliz tallarida chop etilgan “O‘zbekiston xalqining  fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi (1941-1945)” nomli kitob-albom   matnidan 40 ta dona, O‘zbekiton Davlat Konservatoriyasi Axborot resurs markazi tomonidan 54 ta nomda 212 ta dona mutaxasislikka doir darslik va o‘quv qo‘llanmalar, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan  5ta dona “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” nomli kitoblari berildi. Barcha keltirilgan kitoblar ARM fondiga kiritildi.

  Axborot resurs markazida 2021 yil uchun obuna tashkillashtirilib Shundan, “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat”, “Yangi O‘zbekiston”,”Madaniyat” gazetalari, “Teatr”, “Guliston”, Moziydan sado”, “Musiqa”, “Yosh kuch” jurnallar jami 10 nomda 22 sonda 10640000 so‘mlik obuna qilindi.

       ISHANXODJAYEVA SHAHNOZA ABDUJABBOROVNA
 Ilmiy darajasi va unvoni:
 Lavozimi: kutubxonachi
 Qabul vaqtlari:  Har kuni (09.00 – 17.00)
 Tel.: +998 71 237-35-75
 E-mail:  arm@uzmmsi.uz

 

 XOLIQOVA NIGORA ISMATILLA QIZI
 Ilmiy darajasi va unvoni:
 Lavozimi: kutubxonachi
 Qabul vaqtlari:  Har kuni (09.00 – 17.00)
 Tel.: +998 71 237-35-75
 E-mail:  arm@uzmmsi.uz