Atrof-muhitni muhofaza qilish

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish davom etmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. «Yashil makon» loyihasi ham aynan ushbu ishlarning amaliy ifodasidir. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida ham «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etilib oʻquv binosi hamda talabalar turar joyi hududi obodonlashtirildi.

Joriy yil O’zbekiston davlat konservatoryasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar, hodimlar jamoasi tomonidan “Obod va fayzli maskan– yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazildi.