ALEKSANDR DARGOMYJSKIY

ALEKSANDR DARGOMYJSKIY

(1813-1869)

Aleksandr Sergeevich Dargomyjskiy rus kompozitori. 1813-yil 2 (14) fevralda Troitskiy qishlog’ida (hozirgi Tula viloyati) aslzodalar oilasida tug’ilgan. Yosh Dargomijskiyni oʻzini musiqaga bagʻishlash qaroriga 1835-yilda M. I. Glinka bilan tanishishi sabab boʻlgan. Glinka taʼsirida u V.Gyugoning “Paridagi Bibi Maryam  ibotatxonasi” romani asosida ilk bor “Esmeralda” (1847) operasi ustida ishlay boshlagan.. 1840-yillarda «Yigit va qiz», «Tungi zefir», «Men sizni sevardim» (A. S. Pushkin she’rlariga), «Men qayg’uliman» (M. Yu. Lermontov she’rlariga) romanslari yozdi.

Dargomijskiyga haqiqiy muvaffaqiyat keltirgan asar 1855-yilda Pushkin she’rining syujeti asosida yaratilgan, musiqasi chuqur psixologizm bilan ajralib turadigan «Rusalka» operasi hisoblanadi. 1859-yilda kompozitor Rossiya musiqa jamiyati qo‘mitasi a’zoligiga saylangan, 1867-yilda esa uni Sankt-Peterburg bo‘limi raisi etib tayinlashadi. Keyingi asarida u P. J. Beranje she’riyati (“Keksa kapral”, “Chuvalchang” va boshqalar)ga murojaat qildi.

Dargomijskiy hayotining so’nggi yillarida Pushkinning «kichik fojialaridan» biri asosida «Tosh mehmon» operasi ustida ishlaydi. U opera ustida shiddat bilan ishlaydi, lekin operani tugatishga ulgurmaydi; 1869-yil 5 (17) yanvarda kompozitor vafot etadi. Operani Ts. A. Kui, cholg’u musiqasini N. A. Rimskiy-Korsakov yakunlagan. «Tosh mehmon» 1872-yilda Sankt-Peterburgda sahnalashtirilgan. Ushbu opera musiqasida oddiy maishiy intonatsiyalaridan foydalanish (intonatsion realizm deb ataladigan usul) dadil yangilik bo’lib, kelgusida bunday opera janri yanada rivojlanishiga turtki bo’ldi.