Adiblar xiyoboni

  2020 yilning 20 may kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboni majmuasiga tashrifi chog‘ida millat adabiyoti tarixida munosib o‘rin tutgan adiblar asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish, bugunning raqamli texnologiyalar bilan qurollangan yoshlarining ongiga singdirish vazifasini oliy o‘quv yurtlariga topshirish g‘oyasini ilgari surdilar.

   O’zbekiston davlat konservatoriyasiga biriktirilgan iste’dodli shoir, dramaturg, jamoat arbobi Hamid Olimjon haykali oldida reja-jadval asosida 2022-yil 14-sentabr kuni talabalar bilan ma’naviy ma’rifiy tadbir Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, professor-o’qituvchilar, tyutorlar va talabalar Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida so’z olib borib shoir qalamiga mansub sherlarga bastalangan kuy qo’shiqlar ijro etib Hamid Olimjon hayoti keng yoritib kelinmoqda. 

   Shu bilan birga Hamid Olimjon web sayti ham yaratilib hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. 

    O’zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan doimiy haftaning har chorshanba kuni Adiblar Xiyobonida shoir, dramaturg Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Jumladan  joriy yilning 28-sentabr kuni professor-o’qituvchilar va  talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan tadbir dasturi ishtirokchi hamda kuzatuvchilarga birdek manzur bo’ldi.