Shamsiddin Xurshid 1892-1960

       O‘zbek shoiri, dramaturg, teatr arbobi, rejissyor va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi(1941). O‘zbek musiqali drama janrining asoschilaridan biri. Qator she’rlar, pesalar, hajviy va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi.
Toshkentda tashkil etilgan “Turon” havaskorlik teatr truppasida tatarcha, ozarbayjoncha va o‘zbekcha hajviy va o‘tkir xarakterli rollarni mahoratli ijrochisi aktyor sifatida elga tanilgan. 1918 yilda “Yangi va eski” deb nomlangan ilk dramasini yozgan. Shamsiddin Xurshid ijodi teatr va dramaturgiyaning rivojlanishi uchun tamal toshini qo‘ygan.”Savodsiz boy”, “Kichkina soldat”, “Siyovush qismati”, “Temirchining o‘g‘li”, pesalari; “Turkiston” tarixiy dramasi; “Kulgu va ko‘z yoshlar” musiqali komediyalarning muallifi.
       A.Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” pesalari Sh.Xurshid ijodida alohida o‘ringa ega. 1920-1930 yillarda o‘zbek teatrlarida adibning pesalari nihoyatda faol ravishda namoyish etilgan. Sh.Xurshid shuningdek A.Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida muvaffaqiyat bilan qo‘yilgan “Layli va Majnun”(1940), “Farhod va Shirin” (1957) operalarining libretto muallifi hamdir.U.Gadjibekov, Mamadqulizoda, Shiller, Bill Belotserkovskiy va boshqalarning pesalarini ozarbayjon, rus va boshqa tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Tilak” nomidagi o‘zbek truppasining rejissyori sifatida qator spektakllarni sahnalashtirdi.