Festival g‘oliblarini taqdirlash hamda yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha “Damli sozlar navosi” II xalqaro festivali g‘oliblarni taqdirlash marosimi va Gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi marotaba tashkil etilgan ushbu Festivalda
1000 nafarga yaqin Qozog‘iston, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardan qatnashchilar hamda yurtimiz vakillari bo‘lgan damli va zarbli cholg‘ular ansambl va orkestrlari ishtirok etishdi.
16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur Festival doirasida damli va zarbli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining tanlovi, xalaro ilmiy anjuman, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturga muvofiq Toshkent shahridagi “Central Park”, Navroʻz etnografik bogʻi va boshqa bog‘larda damli va zarbli cholg‘ular ijrosida konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.
“Tashkent city Park” majmuasida Festival g‘oliblarini taqdirlash hamda Festivalning tantanali yopilishiga bag‘ishlangan Gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Festival quyidagi tartibda taqdirlandi:
“Umid” nominatsiyasi, maxsus diplom, 2 000 000 so‘m pul mukofoti bilan Yosh Balakirevlar orkestri (Rossiya Federatsiyasi);
Uchinchi darajali diplom, statuetka, 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan
– R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi damli cholg‘ular orkestri;
Uchinchi darajali diplom, statuetka, 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan
– Bayseitova nomidagi Qozog‘iston Milliy san’at universiteti Talabalar damli cholg‘ular orkestri;
Uchinchi darajali diplom, statuetka, 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri “Brass-kvintet” jamoasi.
Ikkinchi darajali diplom, statuetka, 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan – Qurmongʻozi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining “Fantastiko” ansambli (Qozog‘iston Respublikasi);
Ikkinchi darajali diplom, statuetka, 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan – Qurmongʻozi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining Saksofonchilar ansambli (Qozog‘iston Respublikasi);
Ikkinchi darajali diplom, statuetka, 5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan – Qurmongʻozi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining Talabalar damli cholg‘ular orkestri (Qozog‘iston Respublikasi).
Birinchi darajali diplom, statuetka, 10 000 000 so‘m pul mukofoti – O‘zbekiston davlat simfonik orkestri Zarbli cholg‘ular ansambli taqdirlanadi.
Gran-pri mukofoti, Maxsus diplom, statuetka va 15 000 000 so‘m pul mukofoti bilan – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Talabalar damli cholg‘ular orkestri taqdirlanadi.



