Dolzarb_90 kun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tomonidan damli cholg‘ular ansambl va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro xalqaro festivali va uning doirasida Toshkent shahrida joylashgan “Central Park Tashkent” va “Navroʻz” etnografik bogʻida damli va zarbli cholg‘ular ijrosida konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturlarida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Talabalar damli cholg‘ular orkestri, Milliy gvardiya Harbiy akademik litseyining damli cholg‘ular orkestri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali damli cholg‘ular orkestri, Nukus shahar BMSM damli cholg‘ular orkestri, Yoshlar orkestri (Rossiya), Glier nomidagi RIMM damli cholg‘ular orkestri, Beyseitova nomidagi Qozog‘iston Milliy san’at universiteti ansambli, Qurmongʻozi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining damli cholg‘ular orkestrlari ishtirok etishdi hamda taniqli musiqa asarlaridan namunalar ijro etib, muhlislar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.



